1-boshlovchi: Assalom, Yangi yil, yangi rejalar



Yüklə 19,57 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü19,57 Kb.
#209237
SENARIYSI


SENARIYSI

1-boshlovchi:
Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o‘y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo‘llar bor bo‘ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo‘ling!

Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, mehribon ustozlar.





2-boshlovchi:

Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo‘l bo‘lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do‘stlar,
Mehrdan poyondoz to‘shalsin, do‘stlar!

Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar, Yangi yil bayramini intiqlik bilan kutgan talabalar!


Barchalaringizni eshik qoqayotgan Yangi yil bayrami bilan chin dildan qutlaymiz!



1-boshlovchi:

Azi
zlar ushbu “ASSALOM, YANGI YIL” nomli tadbirimizni ochib berish uchun so‘zni universitetimiz ta’sischisi Nurjonov Arslon Otanazarovich va universitet rektori Xudayberganov Obidjon Odilovichga beramiz marhamat! (Tabrik so‘zlar bildiriladi)

1-AMALGA OSHIRILADIGAN VAZIFA:


1-boshlovchi: Darxaqiqat, 2022-yilimizni tarix qa’riga kuzatib, yangi 2023-yilni qarshi oladigan paytimiz kirib keldi. Endi tez davramizni qizdirib, YANGI YIL kechamizni boshlasak.
2-boshlovchi:
Azizlar! Endi e’tiboringizga bayram dasturimizni havola etamiz. Sahnaga tugayotgan 2022-eski yil hamda kirib kelayotgan 2023-yilni davramizga taklif etsak, marhamat.

Eski yil:



Xayr, xayr mehmonlar,
O‘g‘il qizu chaqqonlar
Rosa g‘ayrat qildingiz,
Bir yil o‘sib ulg‘ayib.
Sizla o‘sdim, o‘rgandim,
Va bir yoshga ulg‘aydim.
Muddatim tugab men ham
Endi uyga ketaman.

Yangi yil:


Salom, salom mehmonlar.
O‘g‘il qizu chaqqonlar
Rosa g‘ayrat qilibsiz,
Ziyofat tuzatibsiz,
Yangi yilni qarshilab,
Eskisini kuzatibsiz
Eski yilni muddati
Tugab tarixga ketdi.
(yangi yil)
Yangi yil bo‘lib men ham
Kelish navbatim yetdi.
Ko‘rayapsiz jujiqman,
Yillar ichra kichikman

Keldim sizga o‘sgani,

Ko‘p zafarlar quchgani.
Meni seving shu onda
Siznikiman shu ondan.

Ota, ona, bobolar

Ham mehribon momolar.
Menda g‘ayrat qilurman
Sur’atim oshirurlar,

Siz ham a’lo o‘qingiz

Bilimlarni o‘qingiz
Siz o‘sibsiz bir yoshga
Yurt kon bo‘lsin non oshga

Uch yuz oltmish olti kun,

Va shunga teng tun
Sizga mehmon bo‘laman

Semiraman o‘saman

Vaqti soat yetkanda,
Muddatim tugaganda.
Tarixga qo‘shilaman,
Lekin hozir shundaman.

Sho‘x o‘yin ijro etiladi Yangi yil, eski yil raqisga tushushadi.
2-AMALGA OSHIRILADIGAN VAZIFA:
1-boshlovchi:
Aziz mehmonlar! Endi davramizga _____- yo‘nalishi, __-guruh talabalari tomonidan bayramga tayyorlab kelgan o‘zlarining sahna ko‘rinish va raqslarini tomosha qilamiz. Marhamat.

2-boshlovchi:


_____- yo‘nalishi, __-guruh talabalariga bayramona sahna ko‘rinishi uchun minnatdorchilik bildirgan holda, endi davramizga _____- yo‘nalishi, __-guruh talabalari tomonidan tayyorlab kelgan bayramona sahna ko‘rinish va raqslariga beramiz. Marhamat.

3-AMALGA OSHIRILADIGAN VAZIFA:


1-boshlovchi:
Azizlar keling bugungi tadbirimizda ishtirok etayotgan talabalar bilan birgalikda
Qiziqarli shart
1. Sharli shartlar (sharni ichidagi shartlar 1.Duet kuylash. 2.Bir oyog‘da o‘ynash. 3.Kuchuk bo‘lib akillash. 4.Limon yedirish).

2-boshlovchi:


2-shart, O‘zingiz yoqtirgan aktyor yoki aktirisangizni ro‘lini ijro etib bering.
1-boshlovchi:
3-shart

2-boshlovchi:


4-shart
4-AMALGA OSHIRILADIGAN VAZIFA:
1-boshlovchi:
Navbat xorijiy do‘stlarimizga! Ular o‘z yurtlarida Yangi yil qanday nishonlanishi haqida so‘zlab berishadi.
Hindistonlik mehmon: Hindistonda bayram kechasi barcha odamlar shirinso‘z, nazokatli, mayin bo‘lib,bir-birlari bilan xushmuomalada bo‘lishadi. Bu yil bo‘yi baxt hamma insonlarga hamroh bo‘ladi deganidir.
Yaponyalik yigit: Bizda yarim kechada 108 marta bong uriladi. Bu yangi yil kirib kelganini bildiradi. Har bitta bong hayotdagi bitta illatni mahv etadi. Yangi yil kirib kelgach, har bir kishi tabassum qilishi yoki xandon otib kulishi shart. Chunki bu omad keltiradi.
Yaponiyaliklar uy eshigini bambuk va qayin daraxti shox-shabbalari bilan bezatishadi.
Xitoylik bola: Bizda Yangi yil bayrami oldidan “Buddani cho‘miltirish” an`anasi o‘tkaziladi. Shu kuni barcha ibodadxonalarda Budda haykallari tog‘ bulog‘i suvi bilan yuviladi, odamlar ham o‘zini tabriklayotgan kishilarning boshidan suv quyishadi.Bayram kuni deyarli barcha kishilar jiqqa ho‘l yurishadi.
Finlandiyalik bola: Qorli Finlandiyada Yangi yil bayrami 28- dekabrda o‘tqaziladi.O‘sha kuni Laplandiya deb nomlangan olis mamlakatdan Qorbobo bolalar uchun bir savat to‘la sovg‘alar olib keladi.
Kareyalik mehmon: Bizda esa Yangi yil kuni ommaviy sayl boshlanadi, turli
musobaqalar o‘tkaziladi.
O‘zbek yigiti: O‘zbekistonda Yangi yil bayrami o‘zgacha surur va zavq shavq bilan
o‘tadi. Bir-birimizga tliklar tilab, sovg‘a-salom hamda shirinliklar ulashamiz. Archa atrofida sho‘x qo‘shiqlar aytib, raqsga tushamiz. Qani, do‘stlar! Davramizga marhabo!
(“Andijon polkasi” ga ommaviy o‘yin ijro etiladi).



2-boshlovchi:

Yangi yil tabriklarini bildirish uchun navbat iqtidorli talabalariga beramiz!
____________:
Yangi yil oqshomi, qadahlar qo‘lda,
Samimiy tilaklar tilaylik yana.
Tilaklar tilda-yu, orzular dilda.
Galma-gal ularni aytalik yana.
Osoyishta yurtga hech ko‘z tegmasin,
G‘anim aslo unga soya solmasin.
Tanisin elimni jumlayi jahon,
Imon-ishonchimiz bo‘lsin himoya
Ta’lim fidokori – qalbi quyoshlar!
Yangi yil sizlarga omadli kelsin!
Bilim chashmasidan bahramand yoshlar!
Sizga ulkan-ulkan zafar keltirsin !
Barcha insonlarning tilagin Olloh,
Ijobat etsin deb, duo qilaylik.
Baxt-u saodatdan topaylik panoh,
Obod, ozod yurtda o‘ynab kulaylik!

5-AMALGA OSHIRILADIGAN VAZIFA:
1-boshlovchi: Kelinglar, davrani sovutmaylik. Hammani ommaviy raqsga taklif etamiz
(Hamma raqsga tushadi).

2-boshlovchi: Kelinglar, hammamiz birgalikda Qorboboni chaqiraylik.


Hamma: Qorbobojon, Qorbobo, davramizga marhabo!
(Shu payt eshik ochilib, Qorbobo, Qorqiz, Kachal polvon va uning do‘stlari kirib keladilar).
Qorbobo:Bayramingiz muborak!
Keldim ko‘p yurtlar kezib,
Bog‘-u tog‘lardan oshdim.
O‘rmon oralab yurdim,
Archani xo‘p tanladim.
Eng chiroyli, eng ko‘rkam,
Qarang,ulkandir biram.
Uni sizga yo‘lladim,
Behad u xo‘p chiroyli,
O‘yinchoqlar marjonli,
Quvondi ko‘rib ko‘zim,
Ofarin o‘g‘il-qizim!
1-boshlovchi:
Navbat Qorqizga.
Qorqiz: Salom, aziz bolajonlar!Men sizlarni tabriklash uchun tog‘-u toshlardan, cho‘l-u biyobonlardan oshib, mehribon bobojonim bilan birga keldim. Yangi yilingiz muborak bo‘lsin! Yangi yil sizlarga faqat omad olib kelsin! Qani, davrani quvnoqroq davom ettingiz. Sizlarga ko‘pgina topishmoqlar keltirganman. Qani, topishmoq sevarlar bormi oralaringizda? To‘q qizni to‘qqiz soat daraxtga bog‘lab qo‘ysa nima bo‘ladi?
________: Och qoladi!

Qorqiz: Barakalla! Qani, topinglar-chi, dunyoda, sizningcha, eng yovuz kishi kim?


___________: Yalmog‘iz!
Qorqiz:Yo‘q, singiljon, topolmadingiz. Dunyodagi eng yovuz kishi bu ezma kishidir.

Qorbobo:
Orqamda qopim katta,


Unda bordir, albatta.
Shirin kulcha, yong‘oqlar,
Konfet-u o‘yinchoqlar.
Ulashaman sizlarga,
Dono o‘gil-qizlarga!
(Qorbobo va Qorqiz bolalarga sovg‘a ulashadi).

Qorbobo: O‘zbekiston jannatmonand o‘lkaga aylansin. Mening aziz do‘stlarim! Endi men bilan Qorqizga javob bersangiz. Bizlar yana boshqa tashkilotlarga taklif


qilinganmiz. Ular ham bizlarni intizorlik bilan kutishyapti! Xayr, talabalar va yoshlar!
Bayramlaringiz ko‘ngilli o‘tsin!
6-AMALGA OSHIRILADIGAN VAZIFA:

1-boshlovchi:
So‘z navbatini universitetimiz prorektori (yoki rektor maslaxatchisi) _________________ga bersak, Marhamat!



2-boshlovchi:

Xush kelibsan,elimizga,Yangi yil,
Ziyo sochgin yo‘limizga,Yangi yil,
Zafar keltir, tinchlik,omonlik,
Quvonch keltir,elimizga,Yangi yil!
2-boshlovchi:
Yurtim dunyo turgincha tursin,
Yosh ko‘gillar yayrasin,kulsin.
Jahon ahli tashna mehrga,
Barchamizga omad yor bo‘lsin!

1-boshlovchi: Shuning bilan Yangi yil tantanalarida bag‘ishlangan bazmimiz o‘z nihoyasiga yetdi.


Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
Yangi yilda eng yaxshi orzu- istaklaringiz amalgam oshsin!
Yangi yilda yangi umid va tilaklar sizlarga yor bo‘lsin.
Oilangizdan tinchlik, xonodanigizdan fayzu Baraka arimasin!
E‘tiboringiz uchun rahmat!





Tadbir “Yangi yil” ashulasi bilan tugallanadi.
Yüklə 19,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin