1. Bug‘ turbinalarining guruhlanishi


Turbina pog‘onalaridagi yo‘qotishlar



Yüklə 190,9 Kb.
səhifə2/6
tarix25.12.2023
ölçüsü190,9 Kb.
#195298
1   2   3   4   5   6
1. Bug‘ turbinalarining guruhlanishi

2. Turbina pog‘onalaridagi yo‘qotishlar
YO’QOTISHLARNING GURUHLANISHI
Bug‘ turbinalarida sodir bo‘ladigan yo‘qotishlarni ikki guruhga ajratish mumkin:
1)ichki yo‘qotishlar. Turbinada ishchi jism kengayishida uning holati o‘zgarishiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi;
2)tashqi yo‘qotishlar. Bu yo‘qotishlar turbinada ishchi jism ken- gayishida uning holati o‘zgarishiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Ichki yo‘qotishlarga quyidagilar kiradi: klapanlardagi yo‘qotishlar, soplodagi yo‘qotishlar, chiquvchi tezlik bilan disk ishqalanishi va ventilatsiyasidagi yo‘qotishlar, ichki tirqishlar orqali yo‘qotishlar, bug‘ namligi sababli yo‘qotishlar, chiqish quvuridagi yo‘qotishlar. Tashqi yo‘qotishlarga quyidagilar kiradi: mexanik yo‘qotishlar, tirqishdagi bug‘ yo‘qotishlar sababli sodir bo‘ladigan yo‘qotishlar.
ICHKI YO’QOTISHLAR

0
Klapanlardagi yo‘qotishlar. Turbinaga kiruvchi bug‘ berkituvchi va rostlovchi qurilmalardan o‘tishi kerak. Bular turbi- naning kirish qismida joylashgan stopor (to‘xtatuvchi) va rostlovchi klapanlardir. Bu qurilmalar turbinaning konstruktiv qismlaridan biri hisoblanadi. Demak, turbinaga kirishdagi bug‘ holati deganda sto- por klapani oldidagi bug‘ holati tushuniladi. Bug‘ stopor va rostlovchi klapanlardan o‘tishida uning bosimida yo‘qotish sodir bo‘ladi, ya'ni bug‘ drossellanadi. Drossellanganda bug‘ entalpiyasi o‘zgarmaydi, h = const. Lekin bu drossellash sababli turbinadagi issiqlik pasayishi kamayadi, ya'ni drossellanishdan issiqlik yo‘qotilishi sodir bo‘ladi: Δhk = h0 — Δhi.y..
O‘rta bosimli turbinalarda drossellash tufayli sodir bo‘ladigan bosim yo‘qotilishi klapanlar butunlay ochiq bo‘lganida birlamchi bug‘ bosimining 5% ini tashkil qilishi mumkin. Zamonaviy bug‘ turbinalarida bu yo‘qotishlar 3% va undan ham kamroq. Hisob- kitoblar uchun drossellashdagi bosim yo‘qotilishini quyidagicha qabul qilinadi: Δpk = (0,03÷0,05)p0.
Soplolardagi yo‘qotishlar. oplodagi bug‘ kinetik energiyasining yo‘qotilishi bug‘ning soploga kirishidagi yo‘qotilishi tufayli, bug‘ zarrachalarining soplo devoriga ishqalanishi tufayli, bug‘ oqimi yo‘nalishi o‘zgarishi tufayli va bug‘ uyurma harakati tufayli sodir bo‘ladi.
Bug‘ harakatlanish tezligi sababli sodir bo‘ladigan yo‘qotish tezlik koeffitsiyenti φ orqali ifodalanadi. Tezlik koeffitsiyenti soplo kanali o‘lchamlariga (uzunligi, balandligi va radiusi), soplo devorlari yuzasi g‘adir-budirlik darajasiga, bug‘ tezligiga va soplo shakliga bog‘liq. Tezlik koeffitsiyenti φ soplo balandligiga juda kuchli bog‘liq: balandlik kamayishi bilan φ kamayadi.
Tezlik koeffitsiyenti φ ning qiymatini qo‘pol ishlangan soplolar uchun 0,93÷0,94, yaxshi qo‘yilgan va ishlov berilgan soplolar uchun 0,95÷0,96 va frezerlangan soplolar uchun 0,96÷0,975 oralig‘ida qabul qilish mumkin.
3. Bug‘ turbina qurilmasi haqida umumiy ma’lumotlar
Hozirgi vaqtda elektr energiyasining asosiy qismi (80% ga yaqini) bug‘ turbinasi qurilmalarida ishlab chiqariladi, ularda ishchi jism sifatida suv va suv bug‘i ishlatiladi. Bug‘ turbinali elektr stansiyasining energetik jarayoni Renkin sikliga, ya'ni ishchi jismga o‘zgarmas bosimda issiqlik berish va issiqlikni olish termodinamik sikliga asoslangan.
Bug‘ qozon 1 da o‘zgarmas bosim ostida (p = const) temperaturasi tt bo‘lgan quruq to‘yingan bug‘ hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan bug‘ bug‘ qizdirgich 2 ga o‘tadi va u yerda o‘zgarmas bosim ostida temperaturasi oshadi, ya'ni bug‘ belgilangan temperaturagacha qizdiriladi. O‘ta qizigan bug‘ turbinaga yo‘naltiriladi, u yerda adiabatik kengayib ish bajaradi. Mexanik ish elektr generator valiga uzatiladi, ishlab bo‘lgan bug‘ esa turbinadan kondensatorga o‘tib kondensatsiyalanadi. Turbinadan chiqqan bug‘ning parametrlari x = 0,86, t2 = 27—35˚C, p2 = 0,03 — 0,05 at. o‘ngra ta'minlash nasosi 6 yordamida bosimini berilgan qiymatgacha oshirib, keyingi sikl uchun qozonga uzatib beradi. Kondensatordagi jarayon izobarik-izotermik jarayon hisoblanadi. Renkin sikli pV-diagrammasi 4.2-rasmda berilgan. Bu diagram- mada a—b izobarik jarayon bo‘lib, kondensatni bug‘ qozonida qaynash
4.1-rasm. Bug‘ turbina qurilmasining elementar sxemasi:
1 — bug‘ qozoni; 2 — bug‘ qizdirgich; S — bug‘ turbinasi; 4 — elektr generatori; 5 — kondensator; 6 — nasos.

4.2-rasm. Renkin siklining pV diagrammasi.


temperaturasigacha isitish jarayoni; b—c izobarik-izotermik jarayon bo‘lib, bug‘ qozonida quruq bug‘ hosil qilish jarayoni; c nuqtada x = 1 bo‘ladi; c — 1 bug‘ning bug‘ qizdirgichda izobarik o‘ta qizish jarayo- ni; 1—2 bug‘ning bug‘ turbinasida adiabatik kengayish jarayoni; 2—2 kondensatorda bug‘ning kondensatsiyalanish jarayoni (p = const, t = const); 2 nuqtada x = 0 bo‘ladi; 2 '—a adiabatik jarayon, ya'ni suvni nasos yordamida bug‘ qozoniga haydash jarayoni

Yüklə 190,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin