Jism Yer atrofida v1 birinchi kosmik tezlik bilan harakatlangani uchun, uning markazga intilma tezlanishi erkin tushish tezlanishidan iboratdir. Shuning uchun Bundan birinchi kosmik tezlik Bu yerda qiymatlarni qo’ysak, . Har qanday jismga birinchi kosmik tezlik berilsa, u Yerning sun’iy yo’ldoshi bo’lib qoladi. Yo’ldoshlar Yer atrofida faqat bitta kuch butun olam tortishish kuchi ta’sirida harakat qiladi. Bu kuch yo’ldoshga va uning ichidagi barcha buyumlarga bir xil tezlanish beradi. Jismning Yerning tortish sferasidan chiqib ketib, Quyoshning sun’iy yo’ldoshi bo’lib, harakatlana olishi uchun zarur bo’lgan boshlang’ich 11 tezlikka ikkinchi kosmik tezlik deyiladi. Hisoblardan ma’lumki, ikkinchi kosmik tezlik birinchi kosmik tezlikdan 2 marta katta son qiymatini hisoblasak Jismning Quyoshning tortish sferasini tashlab chiqib ketishi va Galaktikaning sun’iy yo’ldoshi bo’lib harakatlanishi uchun zarur bo’lgan boshlang’ich 111 tezligiga uchinchi kosmik tezlik deyiladi. Uning harakat traektoriyasi parabola ko’rinishiida bo’ladi
Jism boshlang’ich tezligining qiymatiga qarab, quyidagi hollar kelib chiqadi: o= 1 bo’lganda jism ellips yoyi bo’ylab harakatlanib, Yerga qaytib tushadi.
o=1 bo’lganda jism aylana bo’ylab harakatlanib, Yerning sun’iy yo’ldoshiga aylanadi.
1=o= 11 bo’lganda jism ellips bo’ylab harakatlanib, Yerning sun’iy yo’ldoshligicha qoladi.
o= 11 bo’lganda jism parabola bo’ylab harakatlanib, Quyoshning sun’iy yo’ldoshi bo’lib qoladi.
o=111 bo’lganda jism giperbola bo’ylab harakatlanib, Galaktikaning sun’iy yo’ldoshi bo’lib qoladi.
Xulosalar: Butun olam tortishish qonunini Jismlar bir-birini o’zlarining massalari ko’paytmasiga to’g’ri proporsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional kuch bilan tortadi.