1. Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari 4


Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə3/11
tarix19.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#132673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Olimova Nilufar amaliyot

1. Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari


Byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’ektlarga byudjetdan mablag’larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag’larini taqdim etishning o’ziga xos bo’lgan shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir printsiplarga tayanadi. Byudjetdan moliyalashtirishning printsiplari, shakllari va metodlari bu tizimning tarkibiy elementlari bo’lib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilayotgan hozirgi paytda oqilona va samarali byudjetdan moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi.
Davlatning o’z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog’liq ravishda vujudga kelgan chiqimlar - byudjet xarajatlari davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’larini turli yo’nalishlar bo’yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida byudjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko’ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda byudjet xarajatlarini klassifikatsiya qilishning bir necha belgilari mavjud. Ular o’zlarining iqtisodiy mazmuni, funktsionalligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy bo’linishi, ijtimoiy mo’ljallanganligi bo’yicha, hududiy turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va yuridik nuqtai-nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Eng avvalo, o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra byudjet xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo’linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ularning qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligini ifoda etadi.
Byudjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo’naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:

  1. tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan

tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun
mo’ljallangan xarajatlar;



  1. yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun byudjet kreditlari sifatida beriladigan mablag’lar;

  2. kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar;

  3. amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo’lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;

  4. byudjet xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq byudjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi.

Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo’naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subventsiya shaklida ko’rsatiladigan davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar va byudjet xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar byudjetning joriy xarajatlari deyiladi.
Aniqroq ravishda byudjetning joriy xarajatlari tarkibi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

    • davlat iste’moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, milliy xo’jalikning davlat darmoqlarini saqlash, fuqarolik va harbiy xarakterdagi tovarlar va xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining joriy xarajatlari);

    • hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy korxonalarga joriy subsidiyalar;

    • transfert to’lovlari;

    • davlat qarzlari bo’yicha foizlarni to’lash;

    • boshqa xarajatlar.

Bu xarajatlar oddiy byudjetda yoki joriy xarajatlar va daromadlar byudjetida aks etgan chiqimlarga, asosan, mos keladi.
Funktsional nuqtai-nazardan byudjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy faoliyat sohalariga pul mablag’larining yo’naltirilganligini aks ettiradi.
Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtai-nazardan, quyidagi ikki ko’rinishda amalga oshiriladi:

  1. xarajatlarni respublika byudjetidan moliyalashtirish;

  2. xarajatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish.

O’zbekiston Respublikasi “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonunining 22- moddasida respublika byudjetidan moliyalashtirishtiriladigan xarajatlar tarkibi keltirilgan bo’lsa, o’z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyalashtiriladigan xarajatlar tarkibi yuqoridagi qonunning 23-moddasida keltirilgan.
Byudjetdan mablag’larni taqdim etishning metodlari byudjetdan moliyalashtirishning muhim elementi bo’lib hisoblanadi. Ularning yordamida moliya organlari byudjetda ko’zda tutilgan tadbirlarni pul mablag’lari bilan ta’minlaydi, pul mablag’laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag’larni qayta o’zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib topayotgan proportsiyalarni tartibga soladi.
Byudjet mablag’larini sarf qilishning asosiy tamoyili ularning mo’ljallanganligi va vaqt bo’yicha qattiq reglamentatsiya qilinganligidir (tartibga solinganligidir). Xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) byudjet ijrosi jarayonida xaajatlar ro’yxati va smetasiga kiritiladigan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan byudjet parametrlariga hamda byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan byudjet xarajatlarining yillik ro’yxatiga binoan amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan byudjetdan mablag’ bilan ta’minlash normativlari asosida smeta va shtatlar jadvalini mustaqil ravishda ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Smeta - notijorat faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotning maqsadga yo’naltirilganligi nuqtai nazaridan pul mablag’larining tashkil topishi va sarflanishi to’g’risidagi axborotni o’zida mujassamlashtiruvchi moliyaviy rejasidir. Ish haqini to’lashga va joriy faoliyatga xarajatlar byudjetdan ajratilganligini, shuningdek mablag’larning maqsadliligi va choraklar bo’yicha taqsimoti hajmini belgilovchi hujjatdir. Xarajatlar smetasi mohiyatini quyidagi rasm ma’lumotlaridan ham kengroq tushunish mumkin.

1-rasm1

Shtatlar jadvali esa doimiy ishchilarning lavozimlari nomlarining ro’yxati bo’lib, unda bir nomdagi lavozimlar va lavozim bo’yicha maoshlarning hajmi qayd etiladi, u mulk egasi, rahbar yoki yuqori organ tomonidan tasdiqlanadi. Shtat jadvali korxona, tashkilot va muassasalarning tarkibiy bo’linmalari shtatlarini tegishli toifadagi ishchilar bilan to’ldirib olish huquqini beradi.


Byudjet tashkilotlari tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yoki hududiy moliya organlariga taqdim etadilar.
Tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish, ilovalarni kelishish taqdim etilgan hujjatlarning tasdiqlangan byudjet xarajatlari limitlariga va normativlariga hamda byudjet parametrlariga muvofiqligi tahlili asosida tegishli moliya organlarida amalga oshiriladi. Ro’yxatdan o’tkazish mazkur byudjet tashkiloti xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash), byudjet parametrlari tasdiqlangan paytdan boshlab 40 kundan kechiktirmay moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Smetalar O’zbekiston respublikasi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasiga muvofiq xarajatlarning to’liq yoyilmasi ilova qilingan holda xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha tuziladi va hisobot berish maqsadida foydalaniladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin