1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, 10 soni bilan tanishtirish, uning o`rni, yozilishi va o`qilishi haqida bilim berish, 10 soni ichida qo`shish va ayirishni o`rgatib borish. 2) O`quvchilarga dar orqali har bir matematik muammoni ahillik, birodarlik, hamjihatlik bilan bajarishga rioya qilish zarurligini uqtirish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. 9 sonining hosil bo`lishi , qatordagi o`rni, qo`shni sonlar haqida suhbat o`tkaziladi. So`ng “Jonli sonlar” o`yini o`tkaziladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarga 0 dan 9 gacha bo`lgan sonlarni beradi. O`qituvchi “Sonlar tartibi bilan saflaning!” deganda, o`quvchilar tartib bilan saflanadilar. Safga tartib bilan 0 dan 9 gacha sanaydilar, keyin aksincha , 9 dan 0 gacha sanaydilar. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi.O`quvchilar diqqati ekranga qaratiladi. Ekranda o`qituvchi 10 sonini hosil qilishni o`quvchilarga tushuntiradi.Ekrandagi ordak va uning bolalari namoyish etiladi va o`quvchilarga o`rdak bolalarini sanash topshiriladi.O`qituvchi o`rdak va uning jo`jalari haqida ma`lumot beradi, ularning ranglari haqida suhbat o`tkaziladi. Men o`n degan sonman, Men ko`pman o`n jonman. Ikki qol`da bor panja, Qancha bo`lsa, men shuncha. Bilsa qiyin emas hech, Qo`shilsa bas , ikki besh. 10 sonining yozilishi ko`rsatiladi. Bu son ikki katakka yozilishi tushuntiriladi. Bu son 1 va 0 ning birikmasidan hosil bo`lishi ta`kidlanadi. Ekranda sonlar ketma-ketligi ko`rsatiladi, har bir songa qo`shni bo`lgan sonlar aytib o`tiladi. Mavzu 1-misol orqali tushuntiriladi.10 sonining tarkibi o`rganiladi. 8+2=10 7+3=10 6+4=10 5+5=10 Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi misol va masallar bajariladi. 2-masala. Rasm asosida bajariladi. 1-likopchada 6 ta limon, 2-likopchada esa 4ta limon. Har ikkisidagi limonlar nechta? 6+4=10 3-misol doskada bajariladi. 8+2=10 10-2=8 7+3=10 10-7=3 6+4=10 10-4=6 4-misol og`zaki bajariladi. 10=9+1 10=8+2 10=7+3 10=6+4 10=5+5 10=4+6 5-masalada berilgan geometrik shakllarni to`g`ri buklash orqali yana boshqa geometrik shakllar hosil qilish mumkinligi o`quvchilarga tushuntiriladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 38-dars Fan: Matematika Sana: Mavzu: 10 soni ichida qo`shish va ayirish. Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |