1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə243/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning nuqta, chiziqlar, kesma, siniq chiziq haqidagi egallagan bilimlarini boyitish, “Santimetr” haqidagi bilimlarini mustahkamlash..

2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish.

3) O‘quvchilarning chizg`ich yordamida o`lchay olish, chi`zg`ichdan foydalanishga oid ko`nikmalarini shakllantirib borish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

Doskadagi turli xil shakllarga e`tibor qaratiladi. (qayiqcha, kub, uy, gul) kabi. Bular qanday shakllardan yasalganliklari so`raladi. O`quvchilarga narsalarga qarab qanday shakllardan hosil qilinganliklarini aytib o`tadi va bu ko`pburchaklarning nomlari ham aytib o`tiladi.

So`ng o`qituvchi doskada to`gri chiziq hosil qiladi.

To`gri chiziqni cho`zish mumkin, o`lchash mumkin. O`lchab ko`rish uchun biz sizlar bilan uzunlik o`lchovini bilishimiz shart. Biz uzunliklarni santimetrli tasma, yoki chizg`ich yordamida o`lchaymiz.

III.O`rganilagan mavzuni mustahkamlash:

Uzunlikni o`lchash uchun santimetr mavzusi o`rganilishi kerak. Santimetr o`lchov birligi ekran orqali tushuntiriladi.

Santimetr uzunlik o`lchovi bo`lib, qisqacha sm bilan belgilanadi. Ekran orqali 1 sm qanday chizilishi va yozilishi ko`rsatiladi.

O`quvchilarga turli xil shakllar tarqatiladi va chizg`ich yordamida ularning tomonlarini o`lchash topshiriladi. O`quvchilar shakllarning tomonlarini o`lchaydilar va o`qituvchiga aytaib o`tadilar. So`ng o`quvchilar darslikning tponlarini o`lchaydilar.

Mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga darslikdagi misol va masallar bajartiriladi.

6-misol og`zaki bajartiriladi.

Berilgan 7 sm.li kesmani 1 sm.ga kichraytiring.

7-1=6 m

7-misolda kvadratlar yordamida misollar bajariladi.

2+3=5 6-2=4

8-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Tarbiyaviy tomoni yoritiladi.

Bor edi- 10 ta Yechish:

Berildi- 6 ta 10-6=4 (ta)

Qoldi-? ta Javob: Dilshodda 4 ta yong`oq qoldi.

9-misolda sonlarning nomalum qo`shiluvchini topishga doir misollar ishlanadi va bo`sh kataklar to`ldiriladi.

8=5+3 9=5+4 7=4+3

10-masalada berilgan shakllar avval kataklar yordamida, so`ng chizg`ich yordamida o`lchanadi va daftarlariga chizdiriladi.

So`ng Paint dasturi asosida ko`pburchaklar yasash topshirig`i beriladi.

IV. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 86-betidagi 11-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi..

.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

85-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin