1-dars Fan: Matematika Sinf: SanaDars jarayoni va texnologiyasi
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning nuqta, chiziqlar, kesma, siniq chiziq haqidagi egallagan bilimlarini boyitish,geometrik kattaliklar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, kesmalarning uzunligini o`lchash va taqqoslash haqida bilim berish, kesmalarning uzunligini o`lchay olish va ularni taqqoslashni bilish.. 2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish. 3) O‘quvchilarning chizg`ich yordamida o`lchay olish, chi`zg`ichdan foydalanishga oid ko`nikmalarini shakllantirib borish.. Dars turi: Mustahkamlash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. O`tilgan mavzu ekranda berilgan “Tipratikan” nomli trenajyor mashqi orqali mustahkamlanadi. Bu trenajyordan foydalanish qoidalari avvalgi darslarda keltirilgan. Unga ko`ra 10 ichida qo`shish va ayirishga oid misollarni yechish kerak. O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun ekrnda mavzuga oid test beriladi. Barcha testlar mavzudan kelib chiqib tuzilgan. Masalalar o`qituvchi tomonidan tushuntiriladi va ularni o`quvchilar daftarlariga belgilaydilar. Testlar bir balli tizim asosida baholanadi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. III.Mustahkamlash: O`quvchilarning geometrik bilimlarini shakllantirish maqsadida Paint dasturi asosida shakllar yasaydilar va ular turli xil ranglarga bo`yaladi. Qaysi shaklni qaysi rangga bo`yashni o`qituvchi belgilab beradi. O`quvhilar bu trenajyor mashqlarni bajarish barobarida shakllarni ajrata olish qobiliyati rivojlanadi. Darslikdagi 7-misolni o`qituvchi o`quvchilarga tushuntirib beradi. Uzunligi 6 sm va 3 sm bo`lgan kesmalar chiziladi va taqqoslanadi. 3 sm 6 sm 3 > 6 8-misol o`qin tariqasida og`zaki bajariladi. 1+2=3 5+2=7 2+2=4 6+2=8 7+2=9 4+2=6 8+2=10 1+3 10-3=7 6-3=3 9-3=6 5-3=2 8-3=5 3-3=0 7-3=4 4-3=1 10-masala o`qituvchi tomonidan o`qiladi. Mazmuni tushuntiriladi , qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Qiz bolalar- 4 ta O`g`il bolalar -? Ta Hammasi- 10 ta Yechish: 10-4=6 (ta) Javob: o`g`il bolalar 6 ta
11-masaladagi berilgan rasm yuzasidan suhbat o`tkaziladi va masala tuziladi. IV. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 88-betidagi 12-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.. .Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 88-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |