1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə255/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning nuqta, chiziqlar, kesma, siniq chiziq haqidagi egallagan bilimlarini boyitish,geometrik kattaliklar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, kesmalarning uzunligini o`lchash va taqqoslash haqida bilim berish, kesmalarning uzunligini o`lchay olish va ularni taqqoslashni bilish..

2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish.

3) O‘quvchilarning chizg`ich yordamida o`lchay olish, chi`zg`ichdan foydalanishga oid ko`nikmalarini shakllantirib borish..

Dars turi: Mustahkamlash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

O`tilgan mavzu ekranda berilgan “Tipratikan” nomli trenajyor mashqi orqali mustahkamlanadi. Bu trenajyordan foydalanish qoidalari avvalgi darslarda keltirilgan. Unga ko`ra 10 ichida qo`shish va ayirishga oid misollarni yechish kerak.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

III.Mustahkamlash:

O`quvchilarga o`tilgan mavzu yuzasidan takrorlash mavzusi o`tkaziladi. O`quvchilar 92-betdagi 7-masalani doskada va daftarda bajaradilar.

Sariq jo`ja- 7 ta

Oq jo`ja-? Ta

Hamamsi -10 ta

Yechish:


10-7=3 (ta)

Javob: Oq jo`jalar- 3 ta


8-misol doskada va daftarda bajariladi.

4+1>4 9+0=9 7-1<9 6-2<8 5+1>5 8+1<10 7+2>8 8-3=5 4-2<7


10-masalada berilgan topshiriqlar bajariladi.

  1. Tomoni 2 sm bo`lgan kavadrat chizing. B) tomoni 2 sm va 3 sm bo`lgan to`rtburchak chizing.





10-masala. Rasm asosida masala tuziladi, o`quvchilarning bilim olishga bo`lgan qiziqqishlarini oshirishga harakat qilinadi.Shu o`rinda o`quvchilar qalbida gullarni parvarishlashga mehr uzatiladi.

Chizdi- 7 ta Yechish: 7-3=4 Ta)

Javob: yana javob: Bo`yash kerak- 4 ta gul

Bo`yadi- 3 ta

Bo`yash erak-?

11-topshiriq har bir o`quvchi doskada va daftarda bajailadi:.

IV. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 92-betidagi 12-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi..

.Dars yakunlandi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

91-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin