1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga 1 va 2 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 3 soni bilan tanishtirish, yozilishini o`rgatish.. 2) O`quvchilarga tabiatga munosabatining mohiyatini , tabiatni muhofaza qilishinsonlarning burchi ekanligi haqida tushuncha berish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. 1 va 2 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi.Doskaga olma, nok, anor rasmlari ilib qo`yiladi.. Ularning rangi, shakli va sanogi` so`raladi. Masalan: 2 ta qiliz olma, 2 ta yashik nok, 1 dan keyin qaysi son keladi?, 2 dan oldin qaysi son keladi?, 1 ta ko`k olmani ko`rsating, 2 ta qizil olmani ko`rsating kabi topshiriqlar beriladi. 2 haqida yod olgan sh`erlari so`raladi, 2 soni doskada yozib ko`rsatiladi. 1 va 2 soni predmetlar asosida taqqoslanadi. O`quvchilarga 1 dan 10 gacha sonlarni to`g`ri va teskari sanatiladi. So`ng 2 dan keyin qaysi son keladi? Deb murojaat qilinadi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi. 3 soniga oid she`r o`qiladi. Meni derlar uch soni, Mukammal va ma`noli. Bo`lsa hamki nomim uch, Mujassamdir menda kuch. Ekranda uchgach bo`lgan sonlar lentasi keltiriladi.Shu o`rinda qo`shni sonlar haqida ma`lumot beriladi. Ekranda “Ikki do`st” haqidagi multfilm namoyish qilinadi va shu asosida suhbat o`tkaziladi. 3 soni haqida she`r o`qiladi. Qarang 3 ta g`ildirak, 3 og`ayni botirlar. Yozish qiyinmas uncha, Tishlangan ikki kulcha. O`qituvchi o`quvchilarga 3 sonining hosil bo`lishini predmetlar orqali tushuntiradi.O`quvchi bu predmetlarning nomini aytadilar, rangi va shaklini o`rganadilar. 1-topshiriq og`zaki bajariladi. Darslikning shu qismida 3 ta piyola va 3 ta choynak rasmi bor. O`qituvchi shu rasmlar asosida 3 sonini tushuntiradi. 2-misol. 1 va2 sonlaridan keyin 3 soni chiqadi. 3 soni – bu 3 ta 1 degani yoki 3 soni- bu 2 bilan 1 ning yig`indisi degani.
Shkafning 1-tokchasida nechta qo`g`irchoq bor? 2-va 3-tokchasidachi? Bolalar nechta? Ularga ism qo`ying. Ular sportning qaysi turi bilan shug`ullanishayapti? Koptoklar nechta? Shu o`rinda sportning sog`liq uchun fydali ekanligi , sog`lom bo`lish uchun sport to`garaklariga qatnashish kerakligi aytib o`tiladi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 16-sahifasida berilgan 4-misol ishlanadi. Xo`roz nechta? Ostiga qanday raqam yozilgan? Nima uchun? Kaptarlar nechta? Kurkalar-chi? Ularning qanday o`xshash tomonlari bor? Qaysilari uyda boqiladi? Ularga qanday munosabatda bo`lish kerak? So`ng o`quvchilarga turli xil she`riy topishmoqlar aytiladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 15-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |