1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə60/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga 1, 2,3 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 4 soni haqidagi bilimlarini mustahkamlsh uning hosil bo`lishini o`rganish.

2) O`quvchilarga tabiatga munosabatining mohiyatini , tabiatni muhofaza qilishinsonlarning burchi ekanligi haqida tushuncha berish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

1, 2,3,4 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi.Turli xil rasmlar ko`rsatiladi va didaktik o`yinlar o`ynatiladi.

4 haqida yod olgan she`rlari so`raladi, 4 soni doskada yozib ko`rsatiladi.

1,2,3,4 soni predmetlar asosida taqqoslanadi. O`quvchilarga 1 dan 10 gacha sonlarni to`g`ri va teskari sanatiladi. So`ng 3 dan keyin qaysi son keladi? Deb murojaat qilinadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 4 soni ichida misol va masala ishlash tushuntiriladi.

5-masaladagi raam asosida ishlar olib boriladi. O`quvchilarga paxta bizning milliy boyligimiz ekanligi, paxtadan turli xil narsalar olinishi mumkinligi, paxta yig`im-terimi vaqtida paxtaning bir tolasini ham uvol qilmasdan yig`ib olinishi kerakligi ta`kidlanadi.So`ng masaning yechimi topiladi.

Bo`sh kataklar to`ldiriladi. 3+1=4 1+3=4

6-misol ham predmetlar yordamida tushuntiriladi.

O`ynash uchun 3 ta bir xil va 1 ta boshqacha koptok olib kelindi . Hammasi bo`lib nechta koptok olib kelingan? 3+1=4

Anvarda 2 ta qizil kubik, Bilolda 2 ta yashil kubik bor. Barcha kubiklar nechta? 2+2=4

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 22-sahifasida berilgan 7-misol predmetlar yordamida ishlanadi.Bo`sh kataklar to`ldiriladi. 4-1=3 4-2=2 1+3=4 1+2=3 1+1=2 2+1=3

8-misol ishlanadi. 2+2=4 3+1=4

9-masala. Geomtrik shakllar, ularning bo`linishi tushuntiriladi.So`ng geometrik shakllardan turli xil shakllar yasalishi o`quvchilarga ko`rsatiladi. Har bir shaklning nomi aytiladi.
“Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.

6 soni ichida qo‘shish va ayirish

7 sonining tarkibi

7 soni ichida qo‘shish va ayirish

8 sonining tarkibi

8 soni ichida qo‘shish va ayirish

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

21-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin