1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga 1 raqami va 1 soni bilan tanishtirish, 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligida narsalarni sanashni o`rgatish. 2) O`quvchilarda odob-axloq madaniyatini shakllantirish, sotuvchi va oluvchi o`rtasidagi muomala madaniyatini tushuntirish, tabiatni sevishga o`rgatish. 3) O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini, tafakkurini o`stirish, sezgilarini rivojlantirish. Dars turi:Aralash. Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. Bundan tashqari “Xaltachada nima yashiringan?” o`yini o`ynatiladi. O`qituvchi o`quvchilarga katta yoki kichik kubiklarni, katta yoki kichik koptokchani olib ber deb murojat qiladi. O`quvchilar xaltachadan shu narsalarni qo`l ezgilari orqali topib olib beradilar.Barchasi stol ustiga qo`yiladi va taqqoslanadi, ranglari aytib o`tiladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi. Ekranda yoki rasmlar orqali o`quvchilar diqqati 13-betdagi rasmga qaratiladi.
O`yinchoqlar do`konida nimalar bor? Siz koproq qaysi o`yinchoqni yaxshi ko`rasiz? O`yinchoqlar do`konida kimlarni va qanday o`yinchoqlarni ko`ryapsiz? Do`konda kim, nimalar sotib olayotgani haqida gapirib bering. Koptoklar nechta? Ayiqlarchi? Do`kondan yana nimalar sotib olish mumkin? Shu o`rinda jamoat joyda o`zini tutish, muomala madaniyati, sotuvchi va xaridor haqida tushuncha berib o`tildi. So`ng o`qituvchi tomonidan 1 soni ko`rsatiladi. Bir degan sanoq sonman, Sanash uchun osonman. Bitta yurak, bitta bosh, Bitta oy-u, bir quyosh. Har bir predmetning rasmi ko`rsatiladi va 1 soni bilan tanishtiriladi. 1 sonining yozilishi ko`rsatiladi. 2-misol og`zaki bajariladi. O`quvchilar o`yinchoqlarning nomini va nechtadan ekanligini aytib o`tishlari kerak. ( bitta raketa, bitta aiyiqcha, bitta toychoq, bitta traktor) O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi3 misol bajariladi.Rasmga qarab o`quvchilar uy hayvonlaridan bitta sigir, bitta qo`y, bitta echki, bitta it, bitta mushuk borligini aytib beardilar. Shu o`rinda hayvonlarga yaxshi munosabatda bo`lish kerakligi. Ular ham tabiatning bir bo`lagi ekanligi aytib o`tiladi.
4-misol og`zaki. Berilgan geometrik shakllarning nomi, rangi, o`rni so`raladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 12-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |