1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə408/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, o`lchov kattaliklari va ular bilanishlashga doir misol va masallar yechish.

2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

Matematik test bajartiriladi..

III.Mustahkamlash :

O`tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamalsh darsi e`lon qilinadi. O`quvchilarga 7-masaladagi rasm asosida quyidagicha masala tuzish mumkin.

Birinchi likopchaga 10 ta qulupnay, ikkinchi likopchaga 6 ta qulupnay yuvib qo`yildi. Agar qulupnaylarning barchasi 36 ta bo`lsa, uchinchi likopchaga nechta qulupnay qo`yilgan.

Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. O`quvchilarni mehnatsevarlikka undash.

Yechish: 36-(10+6)=36-26=10 (ta)

Javob:Uchinchi likopchaga 10 ta qulupnay qo`yilgan..

8-masalani o`quvchilar daftarlarida amaliy bajaradilar.

1-kesma- 9 sm

2-kesma- ?, 4 sm qisqa (9-4=5 sm)


9-misol musobaqa tarzida doskada bajartiriladi. Sinf 3 guruhga bo`linadi. Qaysi qator to`g`ri va tez ishlasa, rag`batlantiriladi.

28+10 68-20 68-30

56-6 25+50 25+65

10-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart asosida masala tuziladi va yechimi topiladi.o`quvchilarni vaqtdan unumli foydalanishga o`rgatiladi.

Ko`prik orqali- 21m va 7 m

Yo`lka oqali-24 m, ? m qisqa

Yechish: 21+7=28 (m)

24<28 28-24-4 (m qisqa)

Javob: Yo`lka orqali borish qulay.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 150- betdagi 11-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

157-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin