1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, o`lchov kattaliklari va ular bilanishlashga doir misol va masallar yechish. 2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga o`rgatish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Kim chaqqon?” didaktik o`yini o`tkaziladi. O`qituvchi 100 ichida sonlarni qo`shish va ayirishga doir misollar aytadi. O`quvchilar o`zlarining oldidagi raqam yozilgan ko`rgazmalaridan to`g`ri javobni topadilar. III.Mustahkamlash : O`tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamalsh darsi e`lon qilinadi. O`quvchilarga 1-masalaning sharti o`qitiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi.Shu o`rinda o`quvchilarda do`stlik, o`rtoqlik his tuyg`ulari shakllantiriladi. Bor edi 30 ta Kirib ketdi- 7 ta va 3 ta Qoldi? ta Yechish: 30- (7+3)=20 (ta) Javob: Maydonchada 20 nafar o`quvchi qolgan 2-masaladagi rasm asosida masala tuziladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart asosida masala tuziladi va yechimi topiladi. Nok-10 kg Olma-?, 4 kg og`ir Hammasi -? kg Yechish: 10 + (10+4)=24(kg) Javob: Hammasi 24 kg 3-misol og`zaki bajariladi. 50= 5 ta o`nlik, 30=3 ta o`nlik, 70- 7 ta o`nlik, 90- 9 ta o`nlik, 80- 8 ta o`nlik 4-misol daoskada va daftarda bajariladi. 23=20+3 54=50+4 42=40+2 37=30+7 65=60+5 34=30+4 5-masalaning sharti o`qitiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi.Shu o`rinda o`quvchilarni mehnatsevarlikka undaymiz. I -30 kg II-?, 17 kg ortiq ? kg Yechish: 30+(30+17)=77 (kg) Javob: Ikkala jo`yakdan 77 kg sabzi kavlab olingan Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 153- betdagi 6-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 160-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |