1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə57/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga 1 ,2va3 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 4 soni bilan tanishtirish, yozilishini o`rgatish..

2) O`quvchilargaodob-axloq qoidalarini darsga bog`lagan holda tushuntirib borish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

1 ,2 va 3 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi.Doskaga olma, nok, anor rasmlari ilib qo`yiladi.. Ularning rangi, shakli va sanogi` so`raladi. Masalan: 3 ta dumaloq koptok, 2 ta yashik nok, 1 dan keyin qaysi son keladi?, 2 dan oldin qaysi son keladi?, 2 dan keyin qaysi son keladi? 1 ta ko`k olmani ko`rsating, 2 ta qizil olmani ko`rsating, 3 ta ruchkani ajrating kabi topshiriqlar beriladi.

1 va 2, 2 va 3 sonlari taqqoslanadi. Predmetlar yordamida aniqlanadi.

3 haqida yod olgan sh`erlari so`raladi, 3 soni doskada yozib ko`rsatiladi.

O`quvchilarga 1 dan 10 gacha sonlarni to`g`ri va teskari sanatiladi. So`ng 2 dan keyin qaysi son keladi? Deb murojaat qilinadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi. 4 soniga oid she`r o`qiladi.



Men 4 degan raqamman,

Ikkita 2 tadan jamman.

Bo`lsa ikkita juft o`rtoq,

4 ta bo`lar o`sha chog`.

Otning bor to`rt oyog`i,

Yaqin bo`lar uzog`i.

Bir yilda 4 ta fasl,

Biri-biridan asl.



Ekranda to`rtgacha bo`lgan sonlar lentasi keltiriladi.Shu o`rinda qo`shni sonlar haqida ma`lumot beriladi.

Ekranda “Ikki do`st” haqidagi multfilm namoyish qilinadi va shu asosida suhbat o`tkaziladi.

3 soni haqida she`r o`qiladi.


Qarang 3 ta g`ildirak,

3 og`ayni botirlar.

Yozish qiyinmas uncha,

Tishlangan ikki kulcha.



O`qituvchi o`quvchilarga 3 sonining hosil bo`lishini predmetlar orqali tushuntiradi.O`quvchi bu predmetlarning nomini aytadilar, rangi va shaklini o`rganadilar.

1-topshiriq og`zaki bajariladi.

Shoxda 3 ta qush qo`nib turgani va ular oldiga yana bitta qush uchub kelgani aytiladi.

3+1=4 hosil bo`lishi tushuntiriladi.

4 soni hosil qilinadi, tarkibi tushuntirladi

2-misol. 1 va2 sonlaridan keyin 3 soni chiqadi.

3 soni – bu 3 ta 1 degani yoki 3 soni- bu 2 bilan 1 ning yig`indisi degani.


33




11111

1
1111




111







1111




3-misolda nimalarni ko`rayapsiz?


  • Shkafning 1-tokchasida nechta qo`g`irchoq bor? 2-va 3-tokchasidachi?

  • Bolalar nechta? Ularga ism qo`ying.

  • Ular sportning qaysi turi bilan shug`ullanishayapti?

  • Koptoklar nechta?

  • Shu o`rinda sportning sog`liq uchun fydali ekanligi , sog`lom bo`lish uchun sport to`garaklariga qatnashish kerakligi aytib o`tiladi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 16-sahifasida berilgan 4-misol ishlanadi.



  • Xo`roz nechta? Ostiga qanday raqam yozilgan? Nima uchun?

  • Kaptarlar nechta?

  • Kurkalar-chi?

  • Ularning qanday o`xshash tomonlari bor?

  • Qaysilari uyda boqiladi?

  • Ularga qanday munosabatda bo`lish kerak?

So`ng o`quvchilarga turli xil she`riy topishmoqlar aytiladi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.


“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

20-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin