1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə69/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga 1 ,2,3va 4 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 5 soni bilan tanishtirish, 5 soni ichida qo`shish va ayirishni o`rgatish..

2) O`quvchilarga dars berish orqali har bir matematik muammoni ahillik, birodarli va hamjihatlik bilan hal etishi zarurligini uqtirish;

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

1 ,2 , 3 va 4 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi. 1 va 2, 2 va 3 , 3 va 4 sonlari taqqoslanadi. Predmetlar yordamida aniqlanadi.

4 haqida yod olgan sh`erlari so`raladi, 4 soni doskada yozib ko`rsatiladi.

O`quvchilarga 1 dan 10 gacha sonlarni to`g`ri va teskari sanatiladi. So`ng 4 dan keyin qaysi son keladi? Deb murojaat qilinadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi. 5 soniga oid she`r o`qiladi.

Besh degulik nomim bor ,

Raqamlar ichra ilg`or.

Bir-bir qo`shsa anchaman,

Qo`ldagi besh panjaman.

Ekranda to`rtgacha bo`lgan sonlar lentasi keltiriladi.Shu o`rinda qo`shni sonlar haqida ma`lumot beriladi.

Ekranda “Oltin tanga” haqidagi multfilm namoyish qilinadi va shu asosida suhbat o`tkaziladi.
IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 25-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. Misollarni ishlashda “Hushyor bo`l!” o`yini samara beradi.

Bu o`yinda Bo`ri va Quyon rasmi beriladsi. Ularning har birida bir nechta misollar yozilgan kartochkalar bor. Quyon o`z misollarini ishlab qochib qoladi. Bo`ri esa Quyonning orqasidan “Senimi, shoshmay tur!’ deb qolaveradi. Bolalardan Bo`riga misollarni ishlashda yordam berib yuborish so`raladi. O`quvchilar misollarni birgalikda ishlashadi.”+, -” ishoralarini to`g`ri qo`yish talab qilinadi.

4+1=5 2+3=5 2+2=4 3+1=4 5-3=2 2+1=3 4-2=2 3+1=4

O`qituvchi o`yin misolida do`stlik haqida tushuncha beradi. Har doim inoq bo`lib yurishga chaqiradi va bolalarning nigohini ekranga qaratadi.

Meni derlar besh soni

A`lochilarning joni .

Olti sonidir akam

3,4 soni mendan kam.

Bola sevgan raqam besh

Qorni katta go`yo mesh.
1-misolda o`quvchilar 5 sonini hosil qilishni o`rganadilar, bo`sh kataklar o`rniga kerakli sonni yozib chiqadilar.

4+1=5 3+2=5 2+3=5

2-masalada rasm asosida og`zaki masala tuzdiriladi va ishlanadi.

O`tloqda 4 ta g`oz yurgan edi. Yana 1 ta g`oz qo`shildi. G`ozlar nechta bo`ldi?

4+1=5 1+4=5

Shu o`rinda o`quvchilarga g`ozlar parranda ekanligi, uyda boqilishi aytib o`tiladi.

3-misolda berilgan jadvaldagi bo`sh kataklarga mos sonni qo`yib 5 ni hosil qilish kerak.

+

1

2

3

4

= 5


4

3

2

1

4-misolda predmetlar asosida sonlar taqqoslanadi.

3+2=5 3<5 3>2 5>4

5-masalada rasm asosida masala tuziladi va yechimi topiladi.

Do`konda o`g`il bolalar uchun 4 ta , qizlar uchun 1 ta do`ppi sotildi. Do`konda hammasi bo`lib nechta do`ppi sotilgan? 4+1=5

Do`konda o`g`il bolalar uchun 3 ta , qizlar uchun 2 ta do`ppi sotildi. Do`konda hammasi bo`lib nechta do`ppi sotilgan? 3+2=5

Shu o`rinda do`ppi bizning milliy kimimiz ekanligi, avloddan, avlodga o`tuvchi meros ekanligi, do`ppi kiyishfdan faxrlanishimiz lozimligi uqtiriladi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.


“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

24-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin