1-dars mavzu: Media savodxonlik va axborot madaniyati evolyusiyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati Reja: Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari. Media savodxonlik tushunchasi, mazmun va mohiyati


Xo‘sh, media savodxonlik nima uchun kerak?



Yüklə 36,78 Kb.
səhifə4/5
tarix20.11.2023
ölçüsü36,78 Kb.
#165673
1   2   3   4   5
1-DARS. Mavzu-Mediasavodxonlik va axborot madaniyati evolyutsiyasi va uning jamiyatdagi ahamiyati

Xo‘sh, media savodxonlik nima uchun kerak? Avvalo:
• Huquqiy demokratik jamiyatimizning to‘laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun - mohiyatini tushunish;
•OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko‘nikmalarini shakllantirish;
• Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish;
•Insonning vizual obrazlar ta’siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko‘rinmas ma’lumotlarni “o‘qiy olish”;
•OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish.

Media savodxonlik tushunchasi borasida turli fikrlar mavjud bo‘lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro ensiklopediyasida qayd etilishicha, “Media savodxonlik - inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, media matnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir”. Media savodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir.


Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga yordam berishdir. Fikrimizcha, media savodxonlik media ta’limning uzviy bog‘liq qismidir. Shu bilan birgalikda uning ko‘rinishlari ko‘paymoqda. Bugungi kunda medianing tahlil etilishi natijasida tilimizga kirib kelayotgan tushunchalar, ya’ni media savodxonlik, media ta’lim, mediani o‘rganish va boshqalar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsa-da, media axborotni qabul qilish, saralash, tahlil etish, baholashda media savodxonlik tushunchasi bilan birgalikda media ta’lim, mediani o‘rganish, media madaniyat tushunchalari ham qo‘llanilyapti. Masalan: Media ta’lim
– media o‘quv dasturida integrallashgan, fanlararo asosida o‘rganilishini;
– «media mavzu»ni aniq bir fan doirasida tahlil etilishini;
– amaliy ish va tahlil orqali mediaga tanqidiy yondashishni;
– uning shakli, texnologiyalari, axborotni uzatish usullarini o‘rganishni;
– media agentliklarni, ularning ijtimoiy, siyosiy va madaniy rolini o‘rganishni;
–talabaning OAV bilan ishlashini;

  • tadqiqot faoliyatini;

  • medianing til va san’at orqali auditoriyaga ta’sirini o‘rganadi.


Yüklə 36,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin