III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi. Har bir o`quvchidan uylarini ta`riflab berish so`raladi. Barcha xohlovchi o`quvchilar uylarida nimalar borligini aytishadi. O`qituvchi bu javoblarning barchasini umumlashtiradi va mana shu uyda foydalanadigan jihozlar – uy jihozlari deyilishi aytib o`tiladi.
Kirish qismi savol-javoblar orqali amalga oshiriladi.
Sizning oshxonangizda nimalar bor?
Oshxonada foydalaniladigan jihozlar va idish –tovoqlar haqida ma`lumot bering.
O`quvchilarning javoblari tinglanadi va o`qituvchi tomonidan to`ldiriladi. Oshxonada qanday xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi aytib o`tiladi.
Pichoq, sanchqi ishlatish usullari ko`rsatiladi. Gazdan to`g`ri foydalanish, gugurtni ishlatish qoidalari aytib o`tiladi.
So`ng oshxona jihozlarihaqida videolavha ko`rsatiladi.
Har biz hihozning o`z vazifasi bor. Biz bu jihozlardan to`gri foydalanishimiz va bu jihozlarni asrab-avaylashimiz lozim. Uy jihozlarini har doim ehtiyot qilishimiz lozim.
O`quvchilar bilan jismoniy daqiqa o`tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |