1-dars Sana



Yüklə 253,18 Kb.
səhifə1/6
tarix14.06.2023
ölçüsü253,18 Kb.
#130175
  1   2   3   4   5   6
8-sinf-fizika-namuna


www.hasanboy.uz 1-dars Sana:

Mavzu: Jismlarning elektrlanishi

Darsning maqsadi: a)

o'quvchilarda elektr zaryadlari haqida tushuncha hosil qilish; elektrlanishning ikki turi;
zaryadlangan jismlaming o‘zaro tasiri;
- jismlarning elektrlanishi haqida Beruniy fikrlari bilan tanishtirish

b)Aqliy tarbiya berish

s)Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish.
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.

Darsning turi: Yangi bilim berish.

Darsning usuli: suhbat, demonstratsion usul

Darsning materiallari va jihozlari:

1. 8-sinf «Fizika» darsligi.
2. Shtativga ip orqali osilgan yaltiroq qog'ozdan yasalgan gilzalar. 3. Mo'yna, shoyivaebonit, shisha, kahrabo tayoqchalari.
Asosiy tushuncha va atamalar:

«elektr» so'zining ma’nosi; elektrlangan jism;
zaryadlanish;
ishqalanib elektrlanish;
musbatvamanfiyzaryadlar; Dars rejasi:


1. Tashkiliyqism (3 minut).
2. Fizikadan 7-sinfda o‘tilgan asosiy fizik hodisalar va tushunchalarni eslatish maqsadida o'quvchilar bilan suhbatlashish (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut). 5. O’quvchilarni baholash(4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)

Darsningborishi:

www.hasanboy.uz 1. Tashkiliy qism.

0‘quvchilar uchun fizikaning yangi «Elektr» kursi boshlanganligi bois, tashkiliy qismga e’tiborni qaratish kerak. Elektr bo'limi bilan bog'liq elektr dvigatellari, dazmol, ventilator, radicpriyomnik, elektr lampochkalari, batareykalar, telefon, kompyuter va h.k. hamda ulardan foydalanish bo'yicha plakatlami tayyorlab qo'yishdan boshlanadi.

2. O’tilgan mavzularni eslash: 7- sinf materiali boyicha suhbat
3. Yangi mavzu: Kirish suhbatida «elektr»dan kundalik turmushda foydalanish, har bir elektr asbobining bajaradigan vazifasi hamda elektr eneigiyasiz shu kunda inson faoliyat ko‘rsata olmasligi haqida misollar bilan tushuntiriladi. Bundadarsnidavrasuhbatiorqaliolib b1orilsa, harbiro'quvchiningshaxsan o‘zi uyda, ko'chada va maktabda elektrdan qanday foydalanishi haqida gapixib berishlari so'raladi. AQSHda, Rossiyada (2005-yil may, Moskva) bir yoki bir necha kun elektr enetgiyasi bo'lmasligi oqibatida qanchalik zarar ko‘rilganligi aytiladi.

Shundan so‘ng tajribalar namoyish qilinadi. Tajribalarni oddiylaridan boshlab ko'rsatilib, oxirida sal murakkablari ko‘rsatiladi. Oddiytajribalar darslikdagi 1—5-rasmlardakeltirilgan.

0‘quvchilarga ham taroq, ruchka kabi buyumlami sochga yoki ro'mol- chaga ishqalab yengil qog‘oz parchalarini tortish xususiyati mavjud bo‘lib qolishiga ishonch hosil qildiriladi.


Shu tajribalar vositasida ishqalash usuli bilan jismlaming zaryadlanishi va uning ikki turda bo'lishi uqtiriladi.

Shartli ravishda shoyiga ishqalangan shisha tayoqchada musbat, moy- naga ishqalangan kahrabo tayoqchasida manfiy zaryad hosil bo'lishi qabul qilinganligi o'quvchilarga tushuntiriladi.

Tajribalarda shuningdek, bir xil ishorada zaryadlangan jismlaming o'zaro itarishishi, turli ishorada zaryadlangan jismlaming o'zaro tortishishi ko'rsatiladi.


Ishqalanish vositasida jismlaming elektrlanishi ba’zi hollarda zararli bo'lishi aytib otiladi. Shunga ko‘ra yengil avtomobillar orqasida rezina lenta shak- lida osilib yerga tegib yuradigan elementi bo'lishi aytib o'tiladi. Zaryadlanib qolgan jismlaming zaryadlanishi davrida uchqun chiqishi va buning natija- sida yong'in kelib chiqishi uqdiriladi. Masalan, benzin shlang orqali quyila- yotganda suyuqlik shlangga ishqalanib zaryadlanadi. Shlangning metall uchi, quyuvchi metall apparatga tekganda, uchqun hosil bo‘lib, yong‘in chiqqan holatlar kuzatilgan. Shunga ko'ra ehtiyot choralari ko'riladi.

Ishqalanib elektrlanish haqida Beruniy ham o‘z asarlarida yozib qoldiganligi aytib o‘tiladi.Beruniy elektrni (forscha) kahrabo ya’ni suir.on tortuvchi, yunoncha elektron deb izohlaydi.
4. Mustahkamlash
1. Jismlarning elektrlanganligini tajribada qanday payqash mumkin? 2. “Elektr” so’zi qayerdan kelib chiqqan?
www.hasanboy.uz 3. Qanday zaryadlangan jismlar o’zaro itariladi?


Yüklə 253,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin