1. Davlat ta’lim standartlarining mazmuni-fayllar.org
О‘quv fani bо‘yicha talabalar mustaqil faoliyatini tashkillashtirish uchun О‘UM tuzilishi va mazmunli kо‘rsatkichlari: 1. Reja - topshiriq - har bir о‘quv mashg‘uloti uchun tuziladi. Jadval kо‘rinishida bajarilib, quyidagi ma’lumotlarni о‘z ichiga oladi: 1.1. Mavzuning nomi, о‘quv mashg‘uloti shakli va turi.
1.2. О‘quv mashg‘ulotining tuzilishi olib borish rejasi.
1.3. О‘quv mashg‘uloti maqsadi.
1.4. Talabaning о‘quv faoliyati natijalari-ta’lim berish natijasida talaba bajarishi lozim bо‘lgan harakatlar. Ular aniq va fe’llarda (...aytadi, ....sanab beradi, .... tasniflaydi va h.k) ifodalanib, olingan natijalarni bir xil ma’noda va haqqoniy baholash, ularni belgilangan maqsadga mos kelishini aniqlash imkonini beradi.
1.5. Mustaqil tayyorgarlik uchun topshiriq. Ular qisqa maslahat va ularni bajarish bо‘yicha tavsiyanomalardan iborat bо‘lgan-aytib berishlar bilan berilishi mumkin.
1.6. Nazorat shakli: Kuzatuv, о‘quv topshiriqlarini bajarish, savol-javob shakli, test va boshq.
1.7. О‘quv fan bо‘yicha talaba olishi mumkin bо‘lgan, eng yuqori ball. О‘quv fan bо‘yicha talaba olishi mumkin bо‘lgan, haqiqiy ball.
2. О‘quv-metodik materiallar о‘quv mashg‘uloti maqsadi va mazmunidan tashqari, ta’lim berish texnologiyasiga muvofiq quyidagilarni о‘z ichiga oladi: 2.1. О‘quv materiallar: ma’ruzaning qisqa (tayanch) chizma va jadval kо‘rinishidagi yozmalari.
2.2. О‘quv guruhi uchun topshiriq, ularni bajarishning kо‘rsatkich va baholash mezonlari.
2.3.Talabalar о‘quv ish jarayonida amal qilishlari lozim bо‘lgan axborot beruvchi materiallar: (aqliy hujum, guruhlarda ishlash) qoidasi; (esse, referat yozishga) talablar; (keys va boshq.) materiallar.
2.4. О‘zini tekshirish uchun topshiriqlar (test, savol, topshiriq va mashqlar).
Joriy pedagogik nazoratni va talaba tomonidan kо‘zlanayotgan ta’limiy maqsadlarga erishish darajasini doimiy о‘zi baholashni ta’minlaydi. Oraliq va yakuniy nazoratning savol va topshiriqlarni о‘z ichiga oladi.
О‘quv-metodik materiallar hajmi chegaralanmaydi. Lekin ular katta hajmli, yaxshi tuzilmaga keltirilgan va grafikli ramsiylashtirilgan bо‘lishi kerak.