I Bо‘lim. О‘quv faniga kirish. Quyidagiо‘quv ma’lumotlimateriallardan iborat:
1) о‘quv fanini о‘rganishning dolzarbligi, maqsad va vazifalari;
2) Mutaxassislik bо‘yicha talabalar tomonidan fan mazmunini muhim о‘zlashtirish darajasiga davlat ta’lim standartlarining talablari.
3) Fanning о‘quv dasturi: о‘quv vaqtining umumiy hajmi va uni mavzular va ish turlari bо‘yicha taqsimlanishi kо‘rsatiladi, о‘quv fanining mavzuviy mazmuni izchillikda bayon etiladi.
4) Fan bо‘yicha nazorat shakli va reyting baholash.
5) Asosiy va qо‘shimcha adabiyotlar rо‘yxati.
6) Fan bо‘yicha bilmilarni yakuniy tekshirish savollari.
II Bо‘lim.О‘quv fani bо‘yicha reja-topshiriq va о‘quv-metodik materiallar tо‘plami. Berilganо‘quv mashg‘uloti tо‘g‘risida ma’lumotni,jumladan kо‘zlanayotgan о‘quv natijalar, mustaqil ish uchun topshiriqlar; ularni bajarishni ta’minlovchi о‘quv material va metodik tavsiyalar; о‘quv yutuqlarini о‘zi tekshirishi uchun test, topshiriq va savollardan iborat. Talabani о‘quv mashg‘ulotiga mustaqil tayyorlanishida va о‘quv jarayoni vaqtida uning mustaqil faoliyatini tashkiliy-didaktik ta’minlash vazifasini bajaradi. О‘quv yutuqlarini doimiy о‘zi nazorat qilishini ta’minlaydi.
Fan bо‘yicha glossariy -asosiy toifa va atamalar lug‘ati.
О‘quv fani bо‘yicha talabani о‘quv natijalarining yutuqlar varag‘i-talaba tomonidan reyting ballarni tо‘planishi tо‘g‘risida tezkorma’lumotlarni olishni ta’minlaydi.
О‘quv fani bо‘yicha talabaga mо‘ljallangan о‘quv-metodik kompleksni (О‘UM) ishlab chiqishning yо‘l va vositalari Talabaning О‘UM quyidagilardan kelib chiqib ishlab chiqilishi kerak:
1) о‘quv ma’lumotining maqsadi, tuzilishi, mazmuni va hajmi,
2) talabaga DTS tomonidan belgilangan, berilgan sharoitda va о‘quv rejasida belgilangan vaqtda ta’lim maqsadlariga erishishni kafolatlovchi fan bо‘yicha ta’lim texnologiyasi.
О‘quv fani bо‘yicha talabalar mustaqil faoliyatini tashkillashtirish uchun О‘UM tuzilishi va mazmunli kо‘rsatkichlari: 1. Reja - topshiriq - har bir о‘quv mashg‘uloti uchun tuziladi. Jadval kо‘rinishida bajarilib, quyidagi ma’lumotlarni о‘z ichiga oladi: 1.1. Mavzuning nomi, о‘quv mashg‘uloti shakli va turi.
1.2. О‘quv mashg‘ulotining tuzilishi olib borish rejasi.
1.3. О‘quv mashg‘uloti maqsadi.
1.4. Talabaning о‘quv faoliyati natijalari-ta’lim berish natijasida talaba bajarishi lozim bо‘lgan harakatlar. Ular aniq va fe’llarda (...aytadi, ....sanab beradi, .... tasniflaydi va h.k) ifodalanib, olingan natijalarni bir xil ma’noda va haqqoniy baholash, ularni belgilangan maqsadga mos kelishini aniqlash imkonini beradi.
1.5. Mustaqil tayyorgarlik uchun topshiriq. Ular qisqa maslahat va ularni bajarish bо‘yicha tavsiyanomalardan iborat bо‘lgan-aytib berishlar bilan berilishi mumkin.
1.6. Nazorat shakli: Kuzatuv, о‘quv topshiriqlarini bajarish, savol-javob shakli, test va boshq.
1.7. О‘quv fan bо‘yicha talaba olishi mumkin bо‘lgan, eng yuqori ball. О‘quv fan bо‘yicha talaba olishi mumkin bо‘lgan, haqiqiy ball.
2. О‘quv-metodik materiallar о‘quv mashg‘uloti maqsadi va mazmunidan tashqari, ta’lim berish texnologiyasiga muvofiq quyidagilarni о‘z ichiga oladi: 2.1. О‘quv materiallar: ma’ruzaning qisqa (tayanch) chizma va jadval kо‘rinishidagi yozmalari.
2.2. О‘quv guruhi uchun topshiriq, ularni bajarishning kо‘rsatkich va baholash mezonlari.
2.3.Talabalar о‘quv ish jarayonida amal qilishlari lozim bо‘lgan axborot beruvchi materiallar: (aqliy hujum, guruhlarda ishlash) qoidasi; (esse, referat yozishga) talablar; (keys va boshq.) materiallar.
2.4. О‘zini tekshirish uchun topshiriqlar (test, savol, topshiriq va mashqlar).
Joriy pedagogik nazoratni va talaba tomonidan kо‘zlanayotgan ta’limiy maqsadlarga erishish darajasini doimiy о‘zi baholashni ta’minlaydi. Oraliq va yakuniy nazoratning savol va topshiriqlarni о‘z ichiga oladi.
О‘quv-metodik materiallar hajmi chegaralanmaydi. Lekin ular katta hajmli, yaxshi tuzilmaga keltirilgan va grafikli ramsiylashtirilgan bо‘lishi kerak.