1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar



Yüklə 55,34 Kb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü55,34 Kb.
#163204
1   2   3
51 15.03.2007



Tadbir

Muddati

Mas’ullar

1.

“Toshkent — islom madaniyati poytaxti” risolasini o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash va chop etish

2007-yil mart

Toshkent islom universiteti, Tashqi ishlar vazirligi

2.

O‘zbekistonning chet ellardagi diplomatik vakolatxonalarida taqdimot va ko‘rgazmalar, davra suhbatlari, folklor guruhlarining chiqishlari, o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy merosi va uning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish

Yil davomda

Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Do‘stlik jamiyatlari kengashi, Badiiy akademiya, “Tasviriy oyina” uyushmasi

3.

Toshkent shahridagi mashhur islom mutafakkirlari — Shayx Zayniddin, Shayx Xovand Tohur, Qaffol Shoshiy, Xoja Alambardor, Yunusxon, Baroqxon, Zangiota me’moriy obidalari asosida ziyoratchilar uchun sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish

2007-yil mart

“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi

4.

Toshkent tarixiga oid tematik, nodir kitoblar va qo‘lyozma manbalar ko‘rgazmalarini tashkil etish

2007-yil mart — dekabr

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar davlati tarixi muzeyi, Toshkent islom universiteti, Tashqi ishlar vazirligi

5.

Toshkent shahrining islom madaniyati poytaxti, deb e’tirof etilishiga bag‘ishlangan turkum maqolalar tayyorlab, rus, ingliz va arab tillariga tarjima qilish va internetda e’lon qilish

2007-yil muntazam

Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Jahon” axborot agentligi

6.

O‘zbek, rus, ingliz va arab tillarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning din va ma’naviyat masalalariga bag‘ishlangan maqola va ma’ruzalar to‘plamini nashrga tayyorlash

2007-yilning III choragi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonalari idorasi, Matbuot va axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi

7.

“Toshkent - islom madaniyati poytaxti” nomli hujjatli filmni yaratish va uning taqdimotini o‘tkazish

2007-yilning I choragi

“O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, “Jahon” axborot agentligi

8.

Diniy va dunyoviy ilmlar rivojiga hissa qo‘shgan mashhur islom allomalarining hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan kitoblar, risolalar va ilmiy-ommabop maqolalarni chop etish

2007-yilning I—III choraklari

O‘zekiston Fanlar akademiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi

9.

“Toshkent —islom madaniyatining durdonasi” fotoalbomini nashr etish va taqdimotini o‘tkazish (o‘zbek, rus, ingliz va arab tillarida)

2007-yilning III choragi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi

10.

Toshkent islom universitetida “Merosimiz—faxrimiz” mavzuida tadqiqotchi va talabalar anjumanini o‘tkazish

2007-yil aprel

Toshkent islom universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi

11.

“Buyuk ajdodlarimizning islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” rukni ostida ko‘rsatuvlar tayyorlash

Yil davomida

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti

12.

“Hazrati Usmon mushafi”, “Imom Buxoriy”, “Hazrati Imom majmuasi: kecha va bugun” hujjatli filmlarini yaratish

2007-yil may

“O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi

13.

“Shahrim — faxrim”, “O‘zbekiston — bag‘rikeng diyor”, “Mehr—muruvvat — oliy fazilat”, “O‘zbekiston javohirlari” mavzularida ijtimoiy videoroliklar tayyorlash

muntazam

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

14.

“Islom madaniyati ravnaq topgan yurt” mavzusida taniqli musavvirlar va xalq amaliy san’ati ustalarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasini tashkil etish

2007-yil iyun

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, “Oltin meros” jamg‘armasi

15.

“Markaziy Osiyoda islomiy qadriyatlar: bag‘rikenglik va insonparvarlik” mavzuiga oid xalqaro anjuman o‘tkazish

2007-yil iyun

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Markaziy Osiyoni tadqiq qilish Fransiya instituti va YUNESKOning Markaziy Osiyoni tadqiq qilish xalqaro instituti (Samarqand), Toshkent islom universiteti

16.

Toshkent shahrida “O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi ravnaqiga qo‘shgan hissasi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish

2007-yil sentyabr

Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Fanlar akademiyasining Tarix va Sharqshunoslik institutlari, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent islom universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Respublika Imom Buxoriy ilmiy-ma’rifiy markazi

17.

Toshkent islom universiteti manbalar xazinasida saqlanayotgan qo‘lyozmalar katalogining elektron variantini tayyorlab, veb-saytda joylashtirish

2007-yil sentyabr

Toshkent islom universiteti

18.

Toshkent davlat konservatoriyasida Toshkent “Islom madaniyati poytaxti” deb e’l�n qilinishiga bag‘ishlangan maxsus konsert dasturini tashkil etish

2007-yil sentyabr

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi

19.

“Shosh vodiysi allomalarining ilmiy-ma’rifiy merosi” to‘plamini nashr etish

2007-yil sentyabr

Toshkent islom universiteti

20.

O‘zbekiston hukumati tomonidan ajdodlarimizning madaniy va ma’naviy boyliklarini qayta tiklash, ta’mirlash va asrab avaylash bo‘yicha qilinayotgan ishlarni mahalliy va xorijiy OAVda keng yoritish

Yil davomida

Matbuot va axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent islom universiteti

21.

O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng din va vijdon erkinligi, jamiyatdagi tinchlik va diniy bag‘rikenglik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik mavzulariga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop maqolalarni respublika va xorijiy OAVda chop etish

Yil davomida

Matbuot va axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi

22.

Talaba va o‘quvchilarni Toshkent shahridagi me’moriy va tarixiy yodgorliklar bilan tanishtirish maqsadida ekskursiyalar uyushtirish

Yil davomida

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

23.

AYSESKO saytida Toshkent shahrining islom sivilizatsiyasi ravnaqiga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qiluvchi muhim tarixiy, ilmiy va adabiy ma’lumotlarni joylashtirish

2007-yilning III choragi

Tashqi ishlar vazirligi, AYSESKO kotibiyati

24.

O‘rta asrlarda yaratilgan “Tarixi jadidi Toshqand” (“Toshkentning yangi tarixi”) qo‘lyozmasi asosidagi risolani nashrga tayyorlash

2007-yilning IV choragi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

25.

Toshkent islom universiteti saytida “Toshkent — islom madaniyati poytaxti” nomli rukn ochib, u yerda mazkur mavzuga oid materiallarni jamlash

Yil davomida

Toshkent islom universiteti

26.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “Toshkent: kecha va bugun” nomli ko‘rgazma tashkil etish

2007-yilning III-IV choraklari

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Vazirlar Mahkamasining 2007-yil15-martdagi 51- son qaroriga
2-ILOVA
2007-yilda Toshkent shahri islom madaniyati markazi deb e’lon qilinganligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar bo‘yicha tashkiliy qo‘mita

R.Qosimov



O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Tashkiliy qo‘mita raisi

A.To‘xtayev



Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

O.Yusupov



Din ishlari qo‘mitasi raisi v.b., Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari


Yüklə 55,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin