195.
|
Transport va logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantirish.
|
1. Transport va logistika xizmatlarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish. Bunda:
18 ta katta, 22 ta o‘rta va 80 ta kichik shaharlar o‘rtasida transport-logistika tizimi va infratuzilmasini rivojlantirish;
Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida (LPI) O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini 77-pog‘onadan past bo‘lmagan darajagacha ko‘tarish;
hududlarda yuklar shakllanishining asosiy nuqtalarini hisobga olgan holda transport-logistika markazlari tarmog‘ini tashkil etish;
xalqaro yuk tashishlardagi transport hujjatlarini (“e-Permit”, “e-TIR”, “e-CMR”) elektron ko‘rinishga bosqichma-bosqich o‘tkazish;
yuk tashish xarajatlarini 30 foizgacha kamaytirish;
mavjud konteyner terminallarini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish;
temir yo‘lda konteyner tashishlar ulushini kamida 2 barobarga oshirish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi
|
2022-yil avgust
|
Qarorda belgilangan mablag‘lar va moliyalashtirish manbalari doirasida
|
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari
A. Ramatov,
Bosh vazir o‘rinbosari
S. Umurzakov
|
Transport vazirligi
I. Maxkamov,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
L. Kudratov,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|