N. Ismoilov, Oliy Majlis Senati raisi
T. Narbayeva (kelishuv asosida)
Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari
(kelishuv asosida), viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
25.
Qabul qilingan qonunlarning so‘zsiz va to‘liq ijro etilishini ta’minlashda parlamentning ishtirokini kengaytirish.
1. Parlament palatalarida qonunlarning amaliyotdagi ijrosini doimiy monitoringni olib borishda, parlament huzuridagi maxsus tuzilmalar, shu jumladan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti salohiyatidan keng foydalanish.
2. Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti faoliyatining samaradorligini oshirish. Bunda:
institut tomonidan deputat va senatorlarni qonunlarning ijrosi bo‘yicha axborot-tahliliy ta’minlash amaliyotini kengaytirish;
institutni parlamentning istiqbolli reja va dasturlarini ishlab chiqadigan, turli takliflarni tahlil qiladigan va zarur tavsiya beradigan ilmiy markazga aylantirish nazarda tutilmoqda.
Tashkiliy-huquqiy choralar
2022-yil yakuniga qadar
-
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri
N. Ismoilov, Oliy Majlis Senati raisi
T. Narbayeva (kelishuv asosida)
Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari
(kelishuv asosida)
26.
“Elektron parlament” loyihasi doirasida deputatlarni o‘z saylovchilari bilan, senatorlarni hududlardagi fuqarolar bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish, aholi bilan ochiq muloqotni amalga oshirish uchun raqamli platforma yaratish.
1. Parlament palatalari a’zolarining saylovchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot olib borishi, saylovchilarni qiynayotgan muammolarni muhokama qilish va hal etishi jarayonini raqamlashtirish.
2. Deputatlarni o‘z saylovchilari bilan bog‘lash, ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, fuqarolar parlamentda muhokama bo‘layotgan har bir masaladan xabardor bo‘lishini ta’minlash, saylovchilar bilan “qayta aloqa” qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish.
3. Parlamentning hududlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri, jumladan, masofaviy ishlash, shu jumlad�n, parlament tomonidan respublika bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash holati nazoratga olinish va hududiy ijro organlari rahbarlari hisobotini eshitish hamda uning natijasiga muvofiq, ularga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rish amaliyotini joriy etish.