4. Xususiy mulk ustuvorligi asosiy tamoyil sifatida belgilash. Bunda:
davlat idorasining rasmiy ma’lumotiga ishonib mol-mulk sotib olgan shaxsning huquqini himoya qilish tizimini joriy etish;
insofli egallovchining mulkiy huquqlarini kafolatlash va mulkdorning buzilgan huquqlarini tiklashning moliyaviy mexanizmlarini qo‘llash.
Adliya vazirligi
A. Karimov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
I. Norqulov
14-maqsad. Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida inson qadrini belgilash.
47.
Mahkumlar va jaz??? o‘tab bo‘lgan shaxslarning mehnat, ijtimoiy ta’minot va xalqaro e’tirof etilgan boshqa huquqlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga reintegratsiyasiga ko‘maklashishning samarali mexanizmlarini joriy etish, ushbu yo‘nalishda davlat va jamiyat institutlarining birgalikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
1. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga jazoni o‘tash sharoitlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish.
2. Mehnatga jalb etilgan mahkumlarga koloniyalardagi ish stajini umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibini joriy etish.
3. Ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni joriy qilishorqali ularning ijtimoiy moslashuvi mexanizmlarini takomillashtirish.
4. Mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tganligini belgilovchi qat’iy mezonlarni belgilash.