[
OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
[
TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrog‘i. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BURHONIDDIN AL-MARG‘INONIY TAVALLUDINING HIJRIY SANA BO‘YIChA 910 YILLIGINI NIShONLASh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Jahon xalqlarining ma’naviy-diniy taraqqiyotiga, huquqshunoslik ilmining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, nodir iste’dod egasi Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludiga hijriy sana bo‘yicha 910 yil to‘lishi munosabati bilan uning xotirasini abadiylashtirish, xalqimizni ajdodlarimiz ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va jamoatchilikning 2000-yilda Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining hijriy sana bo‘yicha 910 yilligini respublikamizda keng nishonlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining hijriy sana bo‘yicha 910 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Respublika tashkiliy qo‘mitasining tarkibi hamda yubiley tantanalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlari rejasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
Tashkiliy qo‘mita tegishli vazirliklar, hokimliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu sanaga tayyorgarlik ko‘rish tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Badiiy akademiya va Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda ochiq tanlov asosida 2000-yilda Burhoniddin al-Marg‘inoniy sharafiga yodgorlik majmui barpo etish masalasi bo‘yicha takliflar tayyorlasin va ularni tashkiliy qo‘mita tasdig‘iga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Farg‘ona viloyati hokimligi va Tashqi ishlar vazirligi hamda tegishli vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 2000-yilda “Burhoniddin al-Marg‘inoniyning jahon fani va madaniyati taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Burhoniddin al-Marg‘inoniy yashagan davr fani va madaniyatiga oid asarlarni, shuningdek uning asarlari namunalarini nashr etishni o‘z rejalariga kiritsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublika vazirliklari, idoralari, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalari bir oy muddatda Burhoniddin al-Marg‘inoniyning jahon fani va madaniyati tarixida tutgan o‘rnini chuqur o‘rganish, targ‘ib etish bo‘yicha o‘z tadbirlarini ishlab chiqib, amalga oshirsinlar.
7. Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining hijriy sana bo‘yicha 910 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Farg‘ona viloyati hokimligi, homiylik qilish istagini bildirgan xorijiy tashkilotlar va jismoniy shaxslarning o‘z ulushlarini qo‘shish haqidagi taklif-istaklari qo‘llab-quvvatlansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 19-yanvar,
17-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-yanvardagi 17- son qaroriga
1 ILOVA
Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining hijriy sana bo‘yicha 910 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Respublika tashkiliy qo‘mitasining
TARKIBI
Karomatov H.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi
|
Mansurov A.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)
|
Jo‘rayev N.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)
|
Isayev A.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari
|
Otaboyev A.
|
—
|
Farg‘ona viloyati hokimi, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari
|
Shodiyev B.
|
—
|
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini o‘tkazish direksiyasi rahbari, tashkiliy qo‘mita mas’ul kotibi
|
Abdullayev F.
|
—
|
O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori
|
Azimov R.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri
|
Bahromov A.
|
—
|
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
|
Boliyev A.
|
—
|
Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” kengashi mas’ul kotibi
|
Jo‘rayev X.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri
|
Jo‘rayev T.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti
|
Ibrohimov N.
|
—
|
Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti rektori
|
Ikromov A.
|
—
|
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi mas’ul kotibi
|
Komilov A.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
|
Ko‘chimov A.
|
—
|
O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi raisi
|
Murod Muhammad Do‘st
|
—
|
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
|
Oripov A.
|
—
|
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
|
Parpiyev B.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari
|
Ro‘zmetov A.
|
—
|
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori
|
Sobirov F.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi
|
To‘laganov K.
|
—
|
Toshkent shahar hokimi
|
To‘xtayev A.
|
—
|
O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi raisi
|
Xayrullayev M.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti direktori
|
Shog‘ulomov R.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi raisi
|
Yunusov T.
|
—
|
“O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi raisi
|
Qo‘ziyev T.
|
—
|
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi
|
Husanboyev B.
|
—
|
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi
|
Eslatma: tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga shu lavozimga yangi tayinlangan shaxs kiritiladi.