8. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini �ajburiy sug‘urta qilish shartnomasi va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
To‘ldirilmoqda
|
8. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi (keyingi o‘rinlarda sug‘urta polisi deb ataladi) tegishli blankada va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga kiritilgan transport vositalari soniga teng nusxalarda rasmiylashtiriladi.
|
“Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 26-iyuldagi O‘RQ-488-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq kiritilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyatni amalga oshiruvchi tashuvchilar taxminan 50,0 mingta avtotransport vositasiga ega, ulardan 2017-yilda — 21,2 mingtasi (42,4%) sug‘urta qilingan, 2018-yilning 9 oyida esa — 12,0 mingtasi (24,0%) sug‘urta qilingan. Tashuvchilar o‘z javobgarligini uchinchi shaxslar oldida sug‘urta qilishda mavjud 50 — 60 ta vtotransport vositasidan 5 — 10 tasini sug‘urta qiladilar va ushbu polislarni litsenziya olishda mas’ul organga taqdim etadilar. Natijada tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni to‘liq qamrab olish ta’minlanmaydi.
“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunni to‘liq amalga oshirish maqsadidahar bir transport vositasi bo‘yicha alohida sug‘urta polisi berilishini ta’minlash zarur.
|