1. Davlat va jamiyat qurilishi / Suverenitet. Konstitutsiya



Yüklə 10,38 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü10,38 Kb.
#204456
PQ-267 23.01.2006




[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.01.00 Suverenitet;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 San’at va madaniyatning boshqa turlari]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Suverenitet. Konstitutsiya;

2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“O‘ZBEKISTON. MUSTAQIL TARAQQIYOT YO‘LI” FOTOALBOMINI NAShR ETISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n besh yillik bayramini munosib kutib olish, istiqlol yillarida hayotning barcha soha va tarmoqlarida qo‘lga kiritilayotgan katta yutuqlarni, yurtimizda amalga oshirilayotgan tarixiy o‘zgarishlarni xalqimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida:
1. Vatanimizning betakror qiyofasini, yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyat qurish yo‘lida olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini, odamlarimiz tafakkuridagi o‘zgarishlar tufayli ularning ongida mehnatga, mulkka nisbatan shakllanayotgan yangicha munosabatlarni, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, sotsial sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni aks ettiruvchi “O‘zbekiston. Mustaqil taraqqiyot yo‘li” nomli rangli-bezakli fotoalbom tayyorlansin va nashr etilsin.
2. Mazkur fotoalbomni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
Ishchi guruhi bir oy muddat ichida fotoalbomning g‘oyaviy yo‘nalishi, mazmun-mundarijasi, hajmi va tarkibi ifodalangan dastur va ish rejasini ishlab chiqsin. Fotoalbom uchun tegishli arxiv hujjatlari, fotosuratlar va boshqa tasviriy vositalarni tanlashda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratilsin:
- mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat, ochiq fuqarolik jamiyati qurish, iqtisodiyotimizni rivojlantirish va erkinlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi yangilanish jarayonlarini yorqin hayotiy lavhalar orqali ko‘rsatish;
- ona yurtimizning go‘zal tabiatini, saxovatli zaminimizning beqiyos manzaralarini aks ettirish;
- qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra san’atimiz namunalarini tasvir etish;
- mamlakatimiz boyliklari, tabiiy-mineral zaxiralari va iqtisodiy salohiyatini keng namoyon etish;
- xalqimizning o‘ziga xos turmush tarzi, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar, yurtimizda qaror topgan tinchlik, millatlararo totuvlik va osoyishtalik, diniy bag‘rikenglikni aks ettirish;
- tarixiy-madaniy obidalarimiz, shu jumladan, Imom Buxoriy, Imom Moturudiy, Ahmad Farg‘oniy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abdulxolik G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Amir Temur, Hazrati Xizr kabi ajdodlarimizning qadamjolari, Shohizinda, Registon, Masjidi kalon, Ichanqal’a, Chor Bakr singari me’moriy majmualarni qayta tiklash va obod qilish, yangi ziyoratgohlar barpo etish yo‘lidagi ibratli ishlarning xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyatini qiyosiy usulda ifodalash;
- poytaxtimiz Toshkent shahrida, barcha viloyatlar, shahar va tumanlarda mustaqillik davrida bunyod etilgan zamonaviy binolar, yangi korxonalar, ravon yo‘llar, shinam uy-joylar, ta’lim-tarbiya, shifo maskanlari, sport inshootlari, go‘zal maydonlar bor va xiyobonlar manzarasini aks ettirish.
Yuqorida qayd etilgan O‘zbekistonning tarixi, betakror qiyofasi, ulkan salohiyati hamda o‘n besh yillik mustaqil taraqqiyot davrida erishilgan natijalarni, xalqaro jamoatchilik e’tirof etadigan yutuqlarni bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda fotosuratlar va boshqa hujjatlar asosida yoritish ishchi guruhining asosiy vazifasi ekani belgilab qo‘yilsin.
3. “O‘zbekiston. Mustaqil taraqqiyot yo‘li” fotoalbomini o‘zbek, rus va ingliz tillarida yuksak sifat bilan nashr etish vazifasi Matbuot va axborot agentligiga topshirilsin.
4. Matbuot va axborot agentligi Tashqi ishlar vazirligi hamda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda fotoalbomni keng miqyosda targ‘ib etish va realizatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi fotoalbomni tayyorlash va nashr etish uchun zarur mablag‘larni Matbuot va axborot agentligi taqdim etgan sarf-xarajatlar smetasi asosida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan ajratsin.
6. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi aerosuratga olish uchun zarur texnik shart-sharoitlarni tashkil etsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Prezidentning Davlat maslahatchisi X. Sultonov va Bosh vazir o‘rinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-yanvar,
PQ-267-son


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 1-son, 36-modda)

Yüklə 10,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin