1 Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog’lig’ini himoya
12
Sinf xonasiga qo’yilgan gigiyenik talablar
Sinf xonasining gigiyenasi: Ko`p qavatli maktab binosida boshlang`ich sinflar pastki qavatda joylashtiriladi. Sinf xonasining pol sathi 50 mІ bo`lishi tavsiya etiladi.Odatda boshlang`ich va o`rta sinflarda 40 o`quvchi o`qiydi, har bir o`quvchiga 1,25 mІ pol sathi, yuqori sinflarda 36 o`quvchi o`qiydi, har bir o`quvchiga -1,40 mІ pol sathi to`g`ri keladi.Sinf xonasining uzunligi 8,2 metrdan oshmasligi kerak, bundan uzun bo`lsa keyingi partalarda o`tirgan o`quvchilar doskadagi yozuvlarni yaxshi ko`ra olmaydi. Sinf xonasining kengligi 6,2 metrdan oshmasligi kerak, aks holda derazalarning qarama-qarshi tomonidagi partalarga yorig`lik kam tushadi va bu partalarda o`tirgan o`quvchilarning tez charchashi va ko`zi xiralashib qolishiga sabab bo`ladi.Sinf xonasida harorat +18-20 daraja, nisbiy namlik 40-60% bo`lishi kerak. Sinf havosi tarkibi xuddi atmosfera havosidek toza bo`lishi tavsiya etiladi.Havo tarkibidagi karbonat angidrid miqdori 0,04-0,07% dan oshmasligi kerak. U 0,1 % dan oshsa, bosh miya nerv hujayralarining faoliyati pasayib, o`quvchilarda bezovtalanish, esnash, mudrash, o`zlashtirishning pasayishi kabi bosh miyaning charchashi belgilari yuzaga keladi. Dars paytida o`quvchilarning o`zlashtirishi yaxshi bo`lishi uchun sinf xonasining havosi yangilab turilishi zarur.Buning uchun ob-havoning sovuq kunlari, dars paytida deraza darchasi 2 marta 1-2 minutdan ochilib, havo yangilanadi.Ob-havo issiq kunlarida esa deraza darchasi doim ochib qo`yiladi. Tanaffus paytida navbatchi o`quvchidan boshqalar tashqariga chiqishlari, eshik-derazalar ochib qo`yilishi talab etiladi. Sinf xonaning yorug`ligi. Sinf tabiiy va sun`iy usullar yordamida yoritiladi.Tabiiy yoritish derazalar orqali ta`minlanadi.Sinfning tabiiy yorug`lik koeffitsiyenti 1:4, kamida 1:5 ga teng bo`lishi kerak, ya`ni sinfdagi hamma derazalarning umumiy sathi, sinfning pol sathini to`rtdan yoki beshdan bir qismiga teng bo`lishi lozim.Demak, sinfning pol sathi gigiyena qoidasiga binoan 50 mІ bo`lib, derazalarning umumiy sathi 12,5 mІ, kamida 10 mІ bo`lishi talab etiladi. Sinfning tabiiy yorug`ligi yaxshi bo`lishi ma`lum darajada bo`yoqlarning rangiga ham bog`liq. Qora, ko`k, to`q yashil, jigar-rang kabi rangli bo`yoqlar yorug`likni kamaytiradi. Gigiyena qoidasiga binoan sinfning devori och sariq yoki och pushti, ship oq, deraza va eshik oq yoki havorang, parta (stol) larning ustki qismi och yashil, yon tomoni va o`tirg`ichlari oq rangli bo`yoqlar bilan bo`yalishi lozim. Derazaga o`rnatilgan tuvaklardagi gullar yorug`likni to`sib, uni 20-30 foizgacha kamaytiradi. Shuning uchun tuvakdagi gullar sinf burchaklariga va derazadan qarshi tomonga maxsus stolchalarga o`rnatilgani ma`qul.Sinf derazalariga tutiladigan pardalar ham yorug`likni to`sadi. Estetik ko`rinish maqsadida tutilgan och sariq yoki och pushti rangli uzun pardalar derazaning ikki chetiga surib qo`yilishi kerak. Faqat yozning issiq kunlari quyosh nurini to`sish uchun parda derazaning quyosh tushayotgan tomoniga surib qo`yiladi.Derazadan quyosh o`tgach, parda ya`na chetga suriladi. Ba`zi maktablarda dars paytida o`quvchilarning e`tibori bo`linmasin degan maqsadda, deraza oynalarining pastki qismiga bo`yoq surtib qo`yishadi. Bunday qilish mutlaqo mumkin emas. Chunki, birinchidan bo`yoq surtilgan oyna yorug`likni kam o`tkazadi; ikkinchidan esa, dars paytida o`quv-yozuv mashg`ulotlari o`quvchilar ko`zini charchatadi, ko`zning ichidagi bosimi oshadi, shuning uchun har 10-15 minutda o`quvchi e`tiborini o`qituvchiga qaratgani holda, u deraza oynalaridan uzoqqa qarab, ko`zini dam oldirishi kerak.Bunda ko`z qorachig`i torayib, ko`z ichidagi bosim pasayadi va ko`zi dam oladi.Shu sababdan derazaga qaragan o`quvchiga, o`qituvchi tanbeh bermasligi va aksincha, o`quvchilarni shunga odatlanishi lozim.