Dinning ayrim funksiyalari jamiyatni rivojlantirish yo’lida.
Irodasi kuchsiz odamlarga taskin beradi, ularning hayot qiyinchiliklarini yengishga psixoterapevtik vosita bo’lib xizmat qiladi2. Dinni tadqiq etuvchilar uni ma’naviy omil sifatida inson hayotiga mazmun baxsh etadi deb, ta’kid qilganlar masalan, Z.Freyd ta’limotining davomchisi va keyinchalik uni tanqid qiluvchisi Shveysariyalik psixolog K.Yung ham shu mavqyeidan turib, dinning funksiyasini tushuntiradi. Uning fikricha din inson hayotini mazmunli qiladi, uning ko’nglini ochadi, yorug’lik beradi, hayotdan bahramand bo’lishga undaydi, insonni narsalar dunyosi ta’siridan, iste’molchilik hirsidan qutqazadi va bugun ham individlarni kundalik hayotlarida ularni doimo himoya qiladi3. Mualliflar dinning madaniyatga nisbatan funksiyasini – «ma’naviy» deb bayon etganlar
Dinning siyosatdagi o’rni
Hammaga ma’lumki, siyosatni oddiy xalq yuritadigan bir zamonda, siyosat dinni ma’lum cheklovlar qo’yib borilishi qaysidir ma’noda ko’paydi. Dinning va siyosatning aslida bir maqsad yo’lida birlashganligi unutilib borilgandek go’yo. Maqsad bitta, jamiyat taraqqiyoti, fuqarolarning tinchligi totuvligi va tom ma’noda ularni rivojlantirish edi.
Dinning yana bir muhim funksiyasi – bu, uning birlashtiruvchiligida (integrasion) funksiyasida namoyon bo’ladi. Har bir din o’ziga e’tiqod qiluvchilarni o’z ta’limotiga amal qilishga undaydi. Ularni o’z ta’limoti doirasida saqlashga harakat qiladi. Har qaysi din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotni o’z ta’sirida tutishga harakat qiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek, hatto adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.
Dinning integratsion funksiyasi
Integratsion-dezintegratsion funksiyasi individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion