1. Deviant xulq – atvorning sotsiologik nazariyalari Deviant so‘zi



Yüklə 33,37 Kb.
səhifə3/6
tarix02.01.2022
ölçüsü33,37 Kb.
#42343
1   2   3   4   5   6
15-маъруза матни

Z.Freydning fikricha, inson xulq-atvorining asosida atrof-muhitni ongli baholash bilan ongsiz ishtiyoq orasida ziddiyat yotadi. Ongsizlik asosida esa insonga beshikdan to qabrgacha soyadek ergashib yuradigan, uning barcha fikr va istaklarini belgilaydigan jinsiy rag‘bat- libido yotadi. Barcha atrofimizdagi voqea-hodisalarni jinsiy rag‘bat belgilaydi. Inson ruhiyatidagi barcha jarayonlar hayot instinkti Eros va o‘lim instinkti-tanatos o‘rtasidagi kurash natijasi bo‘lib, har qanday xulq-atvor, jumladan noto‘g‘ri xulq-atvor ham, jinsiy rag‘bat va yashash uchun kurash natijasidir.

Deviant xulq-atvorga R.Merton ishlab chiqqan ta’limot zamonaviy sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiyasini rivojlantirib, R.Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi; “Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvori motivlari va mavjud imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Jamiyatning rasmiy tuzilmalari tomonidan maqsadga erishishning turli guruhlar uchun turlicha imkoniyatlar yaratib berishi natijasi bo‘lmish funksional kamchiliklar maqsadga erishishga xizmat qiluvchi norasmiy tuzilmalarning tashkil bo‘lishiga olib keladi. Maqsad va vositalarga turlicha munosabat quyidagi xulq-atvor turlariga olib kelishi mumkin.

Jamiyat a’zolarining hulq–atvorlar shu jamiyatda qabul qilingan axloqiy va huquqiy m’yorlarga muvofiq kelishi kishilarning farovon turmushlarini tashkil etishning muhim omillaridan bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun har qanday jamiyatda insonlarning nomaqbul hulq–atvorini pasaytirishga harakat qilinib kelinadi. Chunki, bu holat ijtimoiy hayotning barcha sohalariga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrardir.

Sotsiologik adabiyotlarda deviant hulq – atvor (lotin tilida Deviatio – og‘ish) tushunchasi orqali quyidagi holatlar tushiniladi:



  1. Insonning mavjud jamiyatdagi rasmiy jihatdan qabul qilingan yoki qaror topgan me’yorlari, ya’ni «ruhiy sog‘lomlik, huquqiy, madaniy yoki ahloq me’yorlari»ga mos kelmaydigan xatti – harakatlari, qilmishlari.

  2. Mavjud jamiyatdagi rasmiy jihatdan qabul qilingan yoki qaror topgan me’yorlariga (standart va shablonlar) mos kelmaydigan tarzdagi inson xatti – harakatlarining ommaviy shaklda ifodalanishi, ijtimoiy hodisa.

Birinchi holatda deviant hulq – atvor bevosita umumiy va yoshga oid psixologiya (ruhiyatshunoslik), pedagogika va psixiatriya predmeti sifatida o‘rin tutadi. Ikkinchi holatda esa deviant hulq – atvor tushunchasi – sotsiologik va ijtimoiy psixologiya predmeti hisoblanadi.

Deviant hulq–atvor ko‘plab salbiy jihatlarni o‘z ichiga qamrab olishi bilan tavsiflanib, diniy nuqtai nazardan bu holatlar «yovuzlik» ko‘rinishida, tibbiyot nuqtai nazaridan «kasallik» simptomlari sifatida, huquqiy me’yorlar nuqtai nazaridan «noqonuniy» ko‘rinishda va hatto ushbu hulq–atvor shaklini «me’yoriy bo‘lmagan» ko‘rinishda baholash kuzatiladi

Xulq–atvordagi me’yordan og‘ishlarni o‘rganish jarayoni o‘zining tarixiga egadir. Platon o‘z davrida insonlarning turli xil hulq – atvorlarini izohlashga harakat qilgan.

Rossiyalik olim Ya.I.Gilinskiy tomonidan deviant xulq – atvorning madaniylashtirilgan jihati o‘rganilib, «deviant xulq–atvor» tushunchasini fanga kiritgan va hozirgi kunda bu atama «og‘uvchi hulq – atvor» atamasi bilan bir xil ma’noda qo‘llaniladi.

Xorijiy tadqiqotchilar – Dyurkgeym, Klages, Merton, Smelzer, Shibutani, Shuessler va boshqalar tomonidan deviant hulq–atvor ijtimoiy me’yorlar va kutilayotgan holatlar bilan mutanosiblik yoki nomutanosiblik asosida aniqlanishi ta’kidlanadi. O‘z navbatida, ushbu jamiyat uchun kutilgan holatni qonitirmaydigan hulq – atvor bevosita deviant sifatida baholanadi.


Yüklə 33,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin