1. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar



Yüklə 56,5 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü56,5 Kb.
#166932
  1   2   3   4   5
1. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi.

1. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi.

  1. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)


Iqtisodiyot fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o’rganadi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv xususiyatga ega bo’lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning hohish-irodasiga bog’liq emas.
«Iqtisodiyot» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlaydi:
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o’sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kushlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va boshqalar.
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar - insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni va qiymat qonuni.
3. Maxsus, o’ziga xos iqtisodiy qonunlar - alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo’shimsha qiymat qonuni.
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda Iqtisodiyot fani iqtisodiy jarayonlarining alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalarni (ilmiy tushunchalarni) ham ta’riflab, ularning mazmunini oshib beradi.
Iqtisodiy kategoriyalar – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.
Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan o’ylab topilmagan balki, real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo’lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kushi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinshisi iqtisodiyotning turli bo’g’inlari, sohalari, bo’laklari orasidagi bog’liqlikni, ularning biri o’zgarsa, albatta ikkinshisi ham o’zgarishi mumkinligini ko’rsatadi. Iqtisodiy kategoriya – ilmiy tushunchalar esa, iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx o’rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, ular bir-birini to’ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.

Yüklə 56,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin