1. el-yurt umidi jamg‘armasi „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi


O‘zbekistonda Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi



Yüklə 78,54 Kb.
səhifə15/18
tarix17.05.2023
ölçüsü78,54 Kb.
#115759
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mustaqil ta\'lim

17.O‘zbekistonda Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 30.09.2022 yildagi 557-son


Кучга кириш санаси
30.09.2022







O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
UZUM YETISHTIRUVCHILAR VA VINO MAHSULOTINI ISHLAB CHIQARUVCHILAR RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVINI O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-son qarorining ijrosini samarali tashkil etish, respublikada uzum plantatsiyalarini ko‘paytirish, jahonda e’tirof etilgan tarmoq andozalariga muvofiq tashkil etish va ularda hosildor uzum navlarini yetishtirishni yo‘lga qo‘yishni, aholining sifatli tabiiy vino mahsulotiga bo‘lgan ehtiyoji qondirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-son qaroriga muvofiq:
2023-yildan boshlab har ikki yilda bir marta uzumchilik yo‘nalishida “Eng yaxshi uzum navi”, “Eng yaxshi mahalliy uzum navi” va “Eng yaxshi vino mahsuloti” nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkaziladigan respublika ko‘rik-tanlovi ta’sis etilganligi;
ko‘rik-tanlov g‘oliblarini pul mukofoti va boshqa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
ko‘rik-tanlovni har ikki yilda bir marta o‘tkazish;
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan ko‘rik-tanlovni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita faoliyatini tashkil etish;
ko‘rik-tanlovni “Eng yaxshi uzum navi”, “Eng yaxshi mahalliy uzum navi”, “Eng yaxshi vino mahsuloti” nominatsiyalari asosida uzum yetishtiruvchi va vino mahsuloti ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar o‘rtasida o‘tkazish;
ko‘rik-tanlov ishtirokchilarini baholash, g‘olib va sovrindorlarni mukofotlash tartibi;
ko‘rik-tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan, ko‘rik-tanlovning g‘olib va sovrindorlari uchun mukofotlar, diplomlarni Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda mas’ul vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtirish tartibi.
3. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
a) bir oy muddatda Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
b) ushbu chora-tadbirlar dasturi doirasida quyidagilar amalga oshirilishini nazarda tutsin:
ko‘rik-tanlovni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish, ko‘rik-tanlov ishtirokchilari mahoratini baholash, g‘oliblarni aniqlash maqsadida soha olimlari, tajribali mutaxassislaridan iborat tarkibda hakamlar hay’atini shakllantirish va tasdiqlash;
g‘oliblarni ko‘rik-tanlov tashkilotchilarining o‘z mablag‘lari hisobidan pul mukofoti va boshqa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash tadbirlari, ularni o‘tkazishning aniq muddatlari va mas’ul ijrochilarini belgilash.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

Yüklə 78,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin