Transformatorlarning magnitlanish jarayonlari
Transformatorlarning magnit o’zaklarini magnitlanish jarayonida alohida o’rganishni talab qiluvchi holatlar vujudga keladi. Magnitlanish jarayonini o’rganish uchun birlamchi chulg’ami manbaga ulangan, ikkilamchi chulg’ami istehmolchiga ulanmagan, yahni transformatorning salt ishlash rejimini ko’ramiz.
1-rasm. Bir fazali transformatorning salt ishlash rejimi
Salt ishlash rejimida ishlayotgan bir fazali transformatorning birlamchi chulg’amidagi kuchlanishning muvozanat tenglamasi:
(2-1)
Bu yerda – kuchlanish, birlamchi chulg’amdagi kuchlanishni aktiv pasayishiga va elektr yurituvchi kuchni muvozanatlashga sarflanadi. SHuning uchun agar sinusoidal shaklda
q sint
bo’lsa, magnit oqim ham sinusoidal qonun bo’yicha o’zgarishi kerak.
FpqFm sin ( t- ) (2-2)
Transformatorning magnitlanish jarayonini o’rganishda uning magnit o’zagidagi quvvat isroflarini hisobga olmaymiz, u holda birlamchi chulg’amning manbadan qabul qilib olayotgan salt ishlash toki sof magnitlovchi reaktiv tokni tashkil etadi. Magnit o’zakdagi Fp oqimni magnitlovchi tok hosil qiladi. Magnit o’zak to’yinganda Fp va orasidagi proportsionallik buziladi va Fp sinusoidal bo’lganda ham sinusoidal bo’lmaydi. Buni biz 7-rasmda ham ko’rishimiz mumkin.
2-rasm. Bir fazali transformatorning magnitlovchi tokening reaktiv tashkil etuvchisini aniqlash
Koordinata ыqlarini o’ng kvadrantida, magnit o’zakning to’yinishini hisobga olganda, magnit oqimning o’zgarishi F=f ( ) keltirilgan, chap kvadrantda esa magnit oqimining sinusoidal o’zgarishi va pastdagi kvadrantda magnitlovchi toklarning vaqt bo’yicha o’zgarishlarini aniqlash usuli keltirilgan.
Magnitlovchi tok =f(t) ni sinusoidadan chetlanishi, uning tarkibida 1, 3, 5, 7... toq garmonikalarning mavjud ekanligini ko’rsatadi. Asosiy (q1) garmonikadan keyin yuqori tartibli garmonikalarning ichida uchinchi garmonika eng katta amplitudaga ega bo’lib, bahzi hollarda (po’latning markasiga asosan) asosiy garmonikaning 30% ini, beshinchi garmonika esa, 15%gacha tashkil etishi mumkin. Salt ishlash tokining tarkibida reaktiv tashkil etuvchisi bilan birga nisbatan juda kichik qiymatga ega bo’lgan aktiv tashkil etuvchisi ham mavjud, magnitlovchi tokning aktiv tashkil etuvchisi sinusoidal ko’rinishda bo’lib, kattaligi magnit o’zakdagi magnit sarflarga bog’liq bo’ladi.
To’la magnitlovchi tok
(2-3)
ifoda yordamida aniqlanib, nosimmetrik ko’rinishga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |