O’zaro induksiya hodisasi.
Bir-biriga yaqin joylashgan ikkita qo’zg’almas konturni kuzatamiz (9.4-rasm). Agar konturlardan biridagi tok I1, ikkinchi kontur qamrab olgan sirt orqali hosil qilgan magnit oqimi Ф21-deb belgilansa,
Ф21=L21I1 (9.14)
bu yerda, L21-proporsionallik koeffitsienti.
Faradey qonuniga muvofiq I1-ning o’zgarishi ikkinchi konturda E.Yu.K. hosil qiladi:
(9.15)
9.4-rasm
Xuddi shuningdek, ikkinchi konturdagi tok I2 – birinchi kontur qamrab olgan sirt orqali
Ф12=L12I2 (9.16)
magnit oqimini hosil qiladi.
Agar ikkinchi konturdagi tok o’zgaruvchan bo’lsa, birinchi konturda hosil bo’lgan induksiya E.Yu.K. Ф12-ning o’zgarish tezligiga proporsional bo’ladi.
(9.17)
Konturlardan birida tok kuchining o’zgarishi, ikkinchisida induksiya E.Yu.K.-ni vujudga keltirishi o’zaro induksiya hodisasi deb yuritiladi.
Tajribalar ko’rsatishicha, o’zaro induktivlik koeffitsiyentlari bir-biriga teng bo’ladi:
L12=L21
Umumiy o’zakka kiritilgan ikkita g’altakning o’zaro induktivlik koeffitsiyentini hisoblaymiz. (9.5-rasm)
9.5-rasm
Birinchi g’altakning magnit induksiyasi:
bu yerda, -o’zak moddasining magnit doimiysi
n1-o’ramlar soni
Ikkinchi g’altakning bitta o’rami orqali o’tgan magnit oqimi
(9.18)
to’la oqim
(9.19)
o’zaro induktivlik koeffitsiyenti:
(9.20)
Xuddi shu usul bilan birinchi g’altakning o’zaro induktivlik koeffisiyentini ham (9.21) ifodaga teng ekanligini isbotlash mumkin.
(9.21)
O’zaro induktivlik hodisasidan olis masofalarga elektr energiyasini uzatish moslamalari (transformatorlar) tayyorlashda foydalaniladi. Transformatorlar ramka shaklidagi o’zakka kiritilgan ikkita n1 va n2 o’ramli g’altakdan iborat bo’ladi. (9.6-rasm)
9.6-rasm
Agar transformatorning birlamchi cho’lg’ami o’zgaruvchan tok manbaiga ulansa, undan I1-tok o’tib, o’zgaruvchan magnit oqimi hosil qiladi. Bu o’zgaruvchan magnit oqimi ikkilamchi cho’lg’am o’ramlarini kesib o’tib, o’zaro induksiya E.Yu.K., birlamchi cho’lg’amida esa o’zinduksiya E.Yu.K. hosil qiladi. Om qonuniga muvofiq birlamchi cho’lg’amdagi tok kuchi tashqi va induksiya E.Yu.K.ning algebraik yig’indisi orqali aniqlanadi:
(9.22)
bu yerda, R1-birlamchi cho’lg’am qarshiligi bo’lib, tez o’zgaruvchan maydon uchun kichik miqdor bo’lib hisoblanadi. Shu tufayli
(9.23)
ikkinchi cho’lg’amdagi induksiya E.Yu.K.
(9.24)
(9.24) dagi minus ishora birlamchi va ikkilamchi cho’lg’amdagi toklar faza jihatidan qarama-qarshi ekanligini bildiradi.
-nisbat transformatsiyalash koeffitsiyenti deb yuritiladi.
Agar, >1 bo’lsa, transformator yuksaltiruvchi, aksincha bo’lsa <1 pasaytiruvchi bo’ladi.
1>
Dostları ilə paylaş: |