1. Elektromagnit maydon haqida ma’lumot. Elektromagnit to'lqinlar. Gers tajribalari


Yassi elektromagnit to'lqin. To'lqin tenglamasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə4/7
tarix12.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129036
1   2   3   4   5   6   7
Ikromov Ozodbek elektron injinering

3. Yassi elektromagnit to'lqin. To'lqin tenglamasi
Elektromagnit to'lqinlarning manbalari turli-tuman o'zgaruvchan toklar, jumladan, o'tkazgichlardagi o'zgaruvchan tok, ionlar, elektronlar va boshqa zaryadli zarralarning tebranma harakatlari bo'lishi mumkin. O'zgaruvchan tokka ekvivalent eng sodda sistema p momenti garmonik o'zgaruvchan bo'lgan elektr dipoldir. Dastlabki payt (7=0) da bunday dipolning +q va —q zaryadlarining markazlari bir-birining ustiga tushadi va shuning uchun dipol momenti p=0 bo'ladi (7- rasm).

Chorak davrdan so'ng zaryadlar bir-biridan maksimal masofaga siljiydi va dipolning momenti p=ql maksimal qiymatiga erishadi. Yarim davr dan so'ng zaryadlar bir-biriga yaqinlashadi va bunda p=0 bo'ladi. So'ngra davrning to'rtdan uch qismio'tgach, zaryadlar bir-biridan qarama-qarshi tomonga l masofaga siljiydi, natijada dipol momenti yana maksimal qiymati (p=-ql) ga erishadi, lekin endi uning yo'nalishi qarama-qarshi bo'ladi. Va, nihoyat, bir davr (T) vaqt o'tganda zaryadlar yana bir-biriga yaqinlashadi, dipol momenti p=0 bo'ladi. Shu tarzda bu jarayon davriy takrorlanaveradi. Shunday qilib, dipol momentining tebranishi tufayli o'zgaruvchan elektromagnit maydon hosil bo'ladi va atrof fazoga elektromagnit to'lqin tarqaladi. Nurlatkichdan tarqalayotgan elektromagnit maydon Maksvell nazariyasidan kelib chiqadigan va juda ko'p tajribalardan olingan natijalar asosida aniqlangan quyidagi xususiyatlarga ega:


1. elektr maydon kuchlanganlik vektori elektromagnit to'lqinlar tarqalishi yo'nalishiga perpendikulyar tekislikda tebranadi.
2. magnit maydon kuchlanganlik vektori elektromagnit to'lqinlar tarqalishi yo'nalishiga perpendikulyar tekislikda tebranadi.
3
. va vektorlar o'zaro perpendikulyar bo'lib, ularning tebranishlari hamma vaqt bir xil fazada sodir bo'ladi. Demak, elektromagnit to'lqinni shunday ikki o'zaro perpendikulyar tekisliklarda yotuvchi sinusoidalar shaklida (8- rasm) tasvirlash mumkinki, bunda to'lqin shu ikki tekislik kesishishi natijasida hosil bo'lgan chiziq bo'ylab tarqaladi.
Sinusoidalardan biri vektorining, ikkinchisi esa vektorining tebranishlarini ifodalaydi.
Shunday qilib, elektromagnit to'lqin ko'ndalang bo'lib, unda va to'lqinning tarqalish tezligi vektorlar o'zaro perpendikulyar ekan. Ularning bir-biriga nisbatan joylashuvi o'ng vint sistemasini hosil qiladi: agar vint dastasinivektorining uchidan vektori uchi tomon eng qisqa yo'l bo'yicha (90° li kichik burchak ostida) buralganda vintning ilgarilanma harakati yo'nalishi vektor yo'nalishi bilan mos tushishi kerak (9- rasm).
Agar elektromagnit to'lqinning va vektorlarining to'g'ri burchakli koordinatalar sistemasi o'qlaridagi proyeksiyalari to'lqin chastotasi deb ataladigan chastota bilan bir xil chastotada garmonik tebransa, bunday to'lqin monoxromatik elektromagnit to'lqin deb ataladi. Sinusoidal to'lqin monoxromatik to'lqin bo'ladi. со siklik chastota bilan sinusoidal tebranayotgan to'lqinni manbadan yetarlicha uzoq masofada yassi to'lqin deb hisoblash mumkin.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin