1. Erikson nazariyasining zamonaviy istiqbollari. Syujetli-rolli o‘yin



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə1/3
tarix08.06.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#127163
  1   2   3
Rivojlanish Tursunova


3-MS-22 guruh talabasi
Tursunova Dilrabo Shavkatovna
Mavzu: Axloqiy rivojlanish
Reja:
1. Erikson nazariyasining zamonaviy istiqbollari.
2. Syujetli-rolli o‘yin.
3. Bolalar rivojlanishidagi ta’limiy hamda tarbiyabiy xatolar.

Erikson nazariyasining zamonaviy istiqbollari. Erikson nazariyasining uchta kuchli tomoni uni insoniyat rivojlanishining majburiy asosiga aylantiradi.







Birinchidan

Erikson hayot davomida muhim o‘zgarishlar ro‘y berishi haqida ishonchli fikr bildirdi. Qisman Erikson nazariyasi tufayli rivojlanish olimlari har bir yoshda o‘sish uchun katalizatorlar (masalan, tartibning o‘zgarishi, boshqa turdagi munosabatlar uchun imkoniyat va yangi istaklar) paydo bo‘lishini qabul qilishadi.

Ikkinchidan

Ikkinchidan, Erikson haqiqatan ham muhim ijtimoiy-emotsional o‘zgarishlarga, shu jumladan, boshqa odamlar bilan ishonchli munosabatlarni shakllantirishga va o‘zligini aniqlashga e’tibor qaratdi.

Uchinchidan

Eriksonning bosqichlari taraqqiyot tabiatning dinamik sintezi, tarbiyasi va insonning hayotni anglash uchun o‘z motivatsiyasi degan g‘oyani aks ettiradi. Eriksonning integral modeli rivojlanish o‘zgarishi bir-biriga ta’sir etuvchi omillarning murakkab aralashmasi degan zamonaviy qarashga juda mos keladi.


2-reja
Bolaning o`sishi va har tomonlama rivojlanib borishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor olamni atrofidagi ashy ova buyumlar orqali anglab, undan o`zicha ma`no topishiga intilishi, qiziqishi va hissiyotlarining rivojlanishini ular o`ynayotgan o`yinlari orqali kuzatish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bola uchun bu - hissiy boyitilgan va idrok etilgan tarzda o`rganish uchun ideal sahnadir. Sahna o`yini bolani har jihatdan rivojlantiradi. Zero, maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar hayotda ko`rgan voqea-hodisalarni kishilarga taqlid qilib o`ynaydilar.Bolalar kishilarga taqlid qilish orqali real hayotiy muammolarni hal etishga o’rinadilar. O`z kechinmalarini takrorlaydilar, qayta o`ynaydilar va jonlantiradilar.Shu tariqa, sahna o`yini bolaning boshqalar bilan o`zaro hamkorlik qilishga qobil bo`lgan shaxs darajasiga o`sib rivojlanishiga ko`mak beradi.
Syujetli-rolli o‘yinlarga rahbarlik qilish quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi.

  1. - bosqich. Bolalarning qiziqishlarini, ulardagi syujetli o‘yinlar rivojlanishi darajasini o‘rganishning asosiy vositasi quyidagilar:

  • bolalar o‘yinlarini kuzatish,

  • o‘yin rivojining asosiy yo‘nalishlari, o‘yin mavzusi, o‘yin mazmuni, bola o‘yin faoliyatining rivoji, o‘yinda o‘zaro munosabatlarning rivojlanishi bo‘yicha tavsifnoma tuzish;

  • o‘yinga rahbarlik maqsadini aniqlash.

  1. bosqich. Kattalarning o‘yin mavzui va mazmuniga ta’sir etishi:

  • o‘yin mavzui bo‘yicha sayohat va maqsadli sayrlar;

  • suhbatlar;

  • badiiy asarlar va hikoyalar o‘qib berish;

  • illyusrativ rasmlar ko‘rsatish;

  • mavzu bo‘yicha turli mashg‘ulotlar;

  • tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari

  1. bosqich. o‘yinga tayyorgarlik (o‘yin o‘ynash uchun maxsus joy, o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari):

  • tayyor o‘yinchoqlarni tanlash;

  • qo‘lda yasalgan o‘yinchoqlar.

Bunda bolalarning mustaqil shug‘ullanishlari uchun o‘yin zonasini tashkil etish. 4 – bosqich. Bolalarni o‘ynashga o‘rgatish (o‘yin jarayoni va boshqa narsalarni o‘yinda aks ettirish):

  • o‘yinchoq va uning o‘rnini bosuvchi buyumlar ta’sirini o‘rganish;

  • o‘yinda xayoliy tasavvurlarni aks ettirishga o‘rgatish;

  • o‘yinda so‘zlardan foydalanishga o‘rgatish;

  • o‘yinda harakatlarni hisobga olish malakalarini shakllantirish;

  • so‘z va harakat;

  • harakat va o‘yin materiali,

  • so‘z, harakat va o‘yin materiali o‘yinning tili xisoblanadi.

5 bosqich. o‘yinda ahloqiy munosabatlarga ta’sir etish, bolalar jamoasi, xulq-atvor, madaniyat, o‘yin faoliyatida o‘yin madaniyatini shakllantirish:

  • ma’lum o‘yin mavzuiga nisbatan bolalarning his-tuyg‘ularini uyg‘otish;

  • bolalarga o‘yinni avvaldan rejalashtirish elementlarini o‘rgatish;

  • o‘yinda rol va o‘yinchoqlarni oqilona tag‘simlashga o‘rgatish;

  • tengdoshlari bilan ahil o‘ynay olish madaniyatini tarbiyalash;

  • ahil jamoani shakllantirish: mustaqil o‘ynash va o‘yinni oxiriga yetkazish, o‘yin jarayonidagi kelishmovchilik, bahslarni oqilona hal eta olish malakalarini tarbiyalash;

  • kattalarning o‘yinga ta’sir etishi – maslahat berishi, tushunchalarini to‘ldirish, o‘yinga to‘lag‘onli yordam berish;

  • bolalarning o‘yin faoliyatlarini, ahloqiy munosabatlarni baholash.

Syujet - o‘yin faoliyatida asosiy komponent bo‘lib, u personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini o‘z ichiga oladi. Syujetli-rolli o‘yinlar o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra jamoa o‘yini bo‘lib hisoblansada, yakka holda o‘ynalmaydi, degan fikrni keltirib chig‘armasligi kerak. Syujetli-rolli o‘yinlar bolaning aqliy, ahloqiy, jismoniy rivojlanishlarida muhim ahamiyat kasb etib, bunda bola ehtiyoji va malakasi tarbiyalanib, shakllanib boradi.




3-reja


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin