Aflotun (asli — Platon) «G’oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta’limotining asoschisidir. Uningcha, g‘oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir.
Arastu (384 — 322 yillar) (asli — Aristotel) zabardast olim bo‘lib, mantiq, psixologiya, falsafa, axloq, notiqlik san’ati, tabiiy fanlar bo‘yicha o‘lmas, bebaho asarlar yozib qoldirgan. U olamdagi narsa va hodisalar to‘rtta sababga ega. Bular — moddiy sabab, ya’ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha, harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning ulg‘ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab (maqsad sabab) vositasida insonga xos bo‘lgan maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi bo‘lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni paytda, olam o‘zining abadiy sababi, ya’ni harakatlantiruvchi kuchiga ega.
Demokrit haqiqiy borliq — moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy zarrachalardan, ya’ni atomlardan va bo‘shliqdan iborat deya ta’lim beradi.
Gnostiklar. Bu davr falsafasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan gnostitsizm eramizning 150 yillarida o‘zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o‘z tabiatinnig ruhiy jihati bilan xudoga moslashgan. Dualizm — gnostitsizmning asosiy yo‘nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o‘rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta’kidlaydilar. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo‘lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’qib qilishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar. «Patristika»- so‘zi «ota» («padre») so‘zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda G‘arbda episkoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. «Sxolastika»- so‘zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo‘lib, «o‘qish joyi», «maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o‘qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy maktabidagi o‘qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. SHuningdek, dinni o‘rganishda falsafani tatbiq qilgan o‘rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Realizm. Uning yirik vakillaridan biri Angelmning ta’kidlashicha, har bir odam uchun oliy va komil mohiyat haqida g‘oya mavjuddir. Bu g‘oya esa ob’ektiv mavjudlikka ega bo‘lgan reallikka mos keladi. CHunki agar borliq mavjud bo‘lmaganda edi, narsa komil bo‘lmas edi. Agar xudodan yuqoriroq oliy narsani tasavvur qilish mumkin emas ekan, demak, xudo reallikda mavjuddir.
P. Abelyar (1079-1142) ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab xudo aqlida mavjuddir, undan keyin narsalarning o‘zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. Foma Akvinskiy (1224-1292) ta’limoticha, dunyo ierarxik narvondan iboratdir. ta’limotidan keyinchalik «tomizm» oqimi shakllandi va u «neotomizm» tarzida g‘arbda hozir ham saqlanib qolgan. Vilyam Okkamdir (1309-1349). Uning fikricha, ilohiyot aqidalari ratsional (aql) yo‘l bilan isbotlanishi mumkin emas. Ular faqat Muqaddas kitob nufuzi tufayligina qabul qilinishi mumkin. Bu qarash e’tiqod va tafakkurni bir-biridan ajratardi, ularni omuxta qilishni qoralardi. Rodjer Bekon (1214-1292) tajribaviy fanga asos soldi. Haqiqatkoni topishda tabiatni tajribaviy o‘rganish metodini qo‘llash nominalistlar qarashlariga to‘liq mos kelardi.
Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) ta’limoticha, xudo hamma narsalarda mavjud, shuningdek, hamma narsalar xudoda mavjud. Eng oliy haqiqatlarni bilish, sxolastik fikrlash bilan emas, balki, tajriba asosida amalga oshadi.
Polyak olimi Nikolay Kopernik (1473-1543) ta’limoticha, insonlar tomonidan kuzatiladigan quyosh va yulduzlarning harakatlari aslida Erning o‘z o‘qi atrofida kundalik aylanishidan va quyosh atrofida yillik aylanishidan iborat. Italiyalik Jordano Brunodir (1548-1600) tabiatshunoslik tajribalarini hisobga olib, bir necha muhim nazariy xulosalar qildiki, ular filosofiyani yana ham boyitdilar. Bruno Kopernik ta’limotini quyosh sistemasining tuzilishi haqidagi yangi qarashlar bilan boyitdi.
Dostları ilə paylaş: |