Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim
muassasalarining tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi
mumkin.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli tegishli fan bo‘yicha kafedra
tomonidan belgilanadi.
Yakuniy nazorat turi oliy ta’lim muassasasining tegishli fakultet dekani yoki
o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha
prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga
muvofiq o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ta’lim sifatini nazorat qilish
bo’limi yoki o’quv uslubiy boshqarma boshlig’i rahbarligida tuzilgan komissiya
ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va
uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi
hamda yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.
Oraliq nazorat
1.
1-NAZORAT.
5
Semestrning
–haftasi
2.
2-NAZORAT.
5
Semestrning
haftalar oralig‘ida
Yakuniy nazorat
5
Semestrning oxirgi ikki haftasida
Yakuniy nazoratni “Yozma ish” asosida o‘tkazish
M EZ O N I
Talabalar fandan yakuniy nazoratni test topshiriqlari yoki “Yozma ish”
usulida topshiradilar va ularni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 2 (qoniqarsiz), 3 (qoniqarli),
4 (yaxshi), 5 (a’lo) baholanadi. Agar yakuniy nazorat “Yozma ish” usulida amalga
oshirilsa, sinov ko‘p variantli usulda o‘tkaziladi. Har bir variant 3 ta nazariy savol
va 1 ta amaliy topshiriqdan iborat.
Har bir nazariy va amaliy savolga yozilgan javoblar bo’yicha o’zlashtirish
ko’rsatkichi 2 (qoniqarsiz), 3 (qoniqarli), 4 (yaxshi), 5 (a’lo) oralig‘ida baholanadi.
Berilgan har bir savolga javob yozilmasa, noto‘g‘ri javob yozilsa yoki o‘quv
adabiyotidan so‘zma-so‘z ko‘chirib yozilsa, amaliy topshiriq shartida belgilangan
amallar bajarilmasa, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta’sir etuvchi omillar
aniqlanmasa, xulosa yozilmasa o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 2 baho bilan baholanadi.
Yozma sinov bo’yicha umumiy o’zlashtirish ko’rsatkichini aniqlash uchun variantda
berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga quyilgan o’zlashtirish
baholari qo’shiladi va yigindi talabaning yakuniy nazorat bo’yicha o’zlashtirish
bahosi hisoblanadi va o‘zlashtirish umumiy ko‘rsatkichi 2 (qoniqarsiz), 3
(qoniqarli), 4 (yaxshi), 5 (a’lo) bilan baholanadi.
Dostları ilə paylaş: