1. Fanning predmeti.
2. Asosiy va yordamchi metodlar.
3. Ijtimoiy borma
1.Ijtimoiy psixologiya va umuman ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi - barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy
munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini xayotga
tadbiq etishdir. Bu o‘rinda, ayniqsa ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va
munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishining mexanizmlarini o‘rganish eng dolzarb masalalardandir.
Taniqli fransuz olimi Serj Moskovisi: “Ijtimoiy psixologiyaning vazifalarini bevosita
jamiyat belgilaydi”, deb yozgan edi. Demak, fan sifatida ijtimoiy psixologiyaning oldida turgan vazifalari, muammolari bevosita jamiyatdan kelib chiqadi.
Xo‘sh, bugungi kunda ijgimoiy psixologiya fan sifatida o‘z bahs mavzusini o‘z
predmetini qaysi ob’ektlarga qaratmoqda va bundan kelib chiqib bu fan oldida qanday vazifalar mavjud? Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi Birinchidan, uning asosiy yo‘nalishi kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasini o‘rganishdan iboratdir. Har bir shaxs hamisha malum ijtimoiy guruxlap doirasida faoliyat ko‘rsatadi. Bu uning oilasi, mehnat jamoasi, ko‘cha-kuydagi norasmiy guruhdagi do‘stlari davrasi, o‘quv jamoasi va hokazolardir. Shaxsning yakka va turli guruhlar doirasida o‘zini tutishi, xulq-atvori, mavqei, unga o‘ziga xos guruhiy ta’sirlar, guruhdagi shaxslararo moslik, liderlik, guruhiy taz’yiqqa beriluvchanlik kabi qator hodisalar aslida o‘sha guruhlarni boshqarish, o‘zaro munosabatlar sharoitini yaratish - bu odamlarni samarali o‘zaro muloqotga o‘rgatishning zaruriyatidir.Guruhlardagi kishilar o‘rtasida o‘zaro muloqot, o‘zaro bir-biriga ta’sir usullari, odamlarni samarali muloqotga o‘rgatish ham guruhlar ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi.
Shaxsni ijtimoiy-psixologik o‘rganish
Ikkinchidan, shaxsning ijtimoiy psixologik qiyofasi masalasi ham bugungi kundagi
o‘zgarishlar va manaviy jihatdan poklanish davrida o‘ta muhim sohadir. Shaxsni ijtimoiy
psixologik o‘rganish tadqiqotlarining ob’ekti sifatida qaralganda, avvalo uning xulq-atvori,
ijtimoiy motivlari, uning yo‘nalishlari, xulq-atvor normalari, shaxsning jamiyatda turli ijtimoiy rollari, mavqei, ijtimoiy qo‘shilish omillari-ijtimoiylashuvi; shaxsning o‘z-o‘ziga bahosi, munosabati, hurmati hamda ijtimoiy, tarixiy va madaniy shart-sharoitlarning shaxs ongiga ta’siri, shaxs tiplari o‘rganiladi. Ommaviy ijtimoiy-psixologik hodisalar
Uchinchidan, jamiyat miqyosida ro‘y beradigan ommaviy hodisalar ijtimoiy psixologiya
uchun tadbiqiy ahamiyatga ega. Ijtimoiy psixologiyada ommaviy hodisalar deganda turli kishilar guruhida shaxslararo munosabatlar va o‘zaro ta’sir jarayonlari; milliy etnopsixologiya hamda sinflar psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urf-odatlar, an’analar, udumlar, aqidalarning shaxs shakllanishidagi roli; olomon psixologiyasiga oid psixologik qonuniyatlar; turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari va tushunishlari, o‘zaro ta’sir masalalari tushuniladi.
Chunki alohida shaxs tarbiyasida ommaviy hodisalarning, katta guruhlarning tasirini
inkor etish - masalaga bir yoqlama yondashish bilan barobardir. Masalan, shaxs uchun u mansub bo‘lgan millat, elat yoki xalqning ruhiyati, uning ongidagi asrlar davomida saqlanib kelayotgan ananalar, rasm-rusumlar, aqidalar, udumlar, faoliyat stereotiplari kabilar o‘z muayyan tasir kuchiga ega.
Oila—ijtimoiy psixologiyaning o‘rganish ob’ekti sifatida
To‘rtinchidan, oila—ijtimoiy psixologiyaning o‘rganish ob’ekti sifatida. Bu yerda oilaga
xos psixologik jarayonlar, oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari, nikohdagi o‘zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy psixologik metodlari o‘rganiladi. Ajratilgan vazifalardan yana biri shuki, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiya o‘zi bilan bevosita aloqador bo‘lgan boshqa psixologiya tarmoqlari bilan hamkorlikda keskin o‘zgarishlar davrida har bir inson ongida nima sodir bo‘ladi, u bu o‘zgarishlarni qanday idrok qilmoqda, uning hayotiy mavqeini qanday qilib maqsadga muvofiq tarzda faollashtirish mumkin, degan savollarga ilmiy asoslangan javob topib berishdir.
Boshqaruv psixologiyasi, sanoat va ishlab chiqarish psixologiyasi ham shunday guruhiy jarayonlarning qonun va qoidalarini tadqiq etish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy sohalardir. Ijtimoiy psixologiya o‘rganadigan eng asosiy va yuqorida ta’kidlab o‘tilgan
muammolarni o‘z ichiga olgan masalalardan biri - 6u muomaladir. Psixolog olimlarnnng
fikricha, bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning predmeti ham va uning doirasida
o‘tkaziladigan barcha tadqiqotlarning umumiy ob’ekti ham muomaladir. Uning inson hayotida tutgan o‘rnini aniqlash turli ijtimoiy faoliyatlar sharoitida samara beradigan muomala turlari va uslublarini yoritish, uning sof psixologik mexanizmlarini tadqiq etish, fanning eng muhim tadbiqiy yo‘nalishlaridandir. Shuning uchun ham har bir konkret sharoitda shaxslararo muloqot samaradorligini oshirish omillarini o‘rganish hozirgi ijtimoiy psixologiyadagi muhim muammolardandir.
2.«Metodologiya» tushunchasining moxiyati nimada? Bu tushunchani turli nazariy
karashlardagi olimlar turlicha sharxlaydilar va tushunadilar. Masalan, amerikalik psixologlar
metodologiya deganda, tadkikot jarayonida ishlatiladigan barcha tadkikot uslublari va texnik
jarayonlarni tushunadilar. Lekin metodologiya tushunchasi aslida uslublar yigindisidan kengrok tushunchadir. Xozirgi zamon Yevropa mamlakatlaridagi olimlar, xususan rus olimlari fandagi metodologiya deganda: ushbu fan falsafiy asoslari va nazariy konuniyatlaridan kelib chikadigan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar. Ya’ni «metodologiya» tushunchasi konkret metodlar yoki texnik usullar tushunchalaridan kengrokdir.
Kuzatish metodi ijtimoiy psixologiyada o‘ziga xos ijtimoiy sharoitlarda, o‘ziga xos
vaziyatlarda va ma’lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman, qanday yo‘l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni qancha vaqt mobaynida davom etgiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina ilmiy tadqiqotini boshlaydi. Demak, kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchini qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy xulq-atvor shakllari qayd etiladi. Bu uslub qo‘llanilganda tadkiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi lozim. Chunonchi, kuzatish maqsadining aniq bo‘lishi va uning ilmiy maqsadlarga mos kelishi; kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab chiqish; ma’lum reja — sxema asosida muttasil kuzatuv olib borish; olingan natijalarning asosliligi va ishonchliligini boshqa usullar yordamida tekshirib ko‘rish. Kuzatish kuzatuvchi tomonidan kuzatish ob’ekti bo‘lmish odamlar guruhi bilan birga yashab, ularga qo‘shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda ma’lumot to‘plansa, bunday kuzatish turini "birgalikdagi kuzatuv" deb ataladi. Bunday kuzatishning klassik misoliga amerikalik ijtimoiy psixolog U. Uaytning o‘smirlar psixologiyasi, ular guruhidagi ijtimoiy psixologik hodisalarni o‘rganishga qaratilgan mashhur tadqiqotini kiritish mumkin. Boshqa xollarda esa kuzatuvchi o‘z ob’ektini chetdan kuzatadi, shuning uchun ham bunday kuzatuv turi "chetdan kuzatuv" yoki "ob’ektiv kuzatish" deb ataladi. Bu usul xuddi umumiy psixologiyada bo‘lgani kabi tashqi xulq-
atvorni qayd qilish natijasida ma’lumot to‘plashga asoslanadi. Bunday yo‘l bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin, lekin baribir, u ham ijtimoiy psixologiyada yordamchi usul sifatida ishlatiladi.
Bizning fikrimizcha, ijtimoiy psixologik treninglar sharoitida har bir shaxsning xulq-atvorini kuzatish muhim ma’lumotlar to‘plashga yordam beradi, chunki bunda kuzatish metodiga xos bo‘lgan eng qimmatli narsa — sharoitlarning tabiiyliligi saqlab qolinadi.
Ijtimoiy psixologiyada xujjatlarni o‘rganish metodining mohiyati
Hujjatlarni o‘rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator
afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga
imkon beradi hamda to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash
imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi.
Ijtimoiy hodisalarni kontent-analiz usuli orqali tekshirish
Materiallarni ma’naviy jihatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilinish usuli ijtimoiy
psixologiyada kontent-analiz deb ataladi. Kontent-analizning ilmiy mohiyati shuki, uning
yordamida biror matnda ma’lum fikr, g‘oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni ma’lum mazmun miqdor ko‘rinishiga keltiriladi. Bu metodning asoschilari amerikalik sotsiologlar X. Lassuell va B. Berelsonlar bo‘lib, ular bu usulni birinchi marta ikkinchi jahon urushi yillarida bir siyosiy gazetaning mazmuni, uning g‘oyaviy yo‘nalishini aniqlash maqsadida qo‘llagan edilar. Ular «Haqiqiy amerikalik» nomli gazetaning kundalik chiqishlarini kontent-analiz qilib, ularni fashistik yo‘nalishidagi gazeta ekanligini isbot qilishgan va uning chiqishini ta’qiqlashga erishgan edilar.
Kontent-analizni qo‘llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu tekshiruv
birliklari — kategoriyalarni aniqlashdir. Chunki bunday birliklar tadqiqotning maqsadi va
tadqiqotchining e’tiqodi va dunyoqarashiga ko‘ra har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, kontent-analizning asoschilari Lassuell va Berelsonlar bunday birlik— ramziy birlik yoki simvollar bo‘lishi mumkin, deb hisoblashgan bo‘lsalar, boshqa amerikalik tadqiqotchi L. Lovental bunday birlik yaxlit mavzu bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Aslida, bunday birliklar kontent-analizda ilmiy taxmin va tadqiqotchining metodologik asoslari bilan belgilanishi kerak. Shuning uchun ham ko‘pgina tadqiqotchilarni umumlashtirib, analiz uchun birliklar quyidagilar bo‘lishi mumkin deb hisoblaymiz:
a) alohida iboralar yoki so‘zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, demokratiya, faollik
tashabbus, hamkorlik va hokazo);
b) yaxlit abzaslar, matnlar, maqolalar va shunga o‘xshashlarda ko‘tarilgan mavzular
(masalan, millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi milliy qadriyatlar mavzusi va hokazo);
v) tarixiy allomalar, siyosatshunoslar, taniqli shaxslarning nomlari;
g) ijtimoiy hodisa, rasmiy hujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy mojarolar,
O‘zbekiston Konstitutsiyasi muhokamasi, yangi yozilgan asarga o‘quvchilarning munosabati va shunga o‘xshash).
Yaxshi o‘tkazilgan kontent-analiz aslida ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda juda katta
ahamiyatga ega. Kontent-analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir
tomondan, u yoki bu matnni tushunish mahorati bo‘lishi kerak, ikkinchi tomondan, tadqiqot
so‘ngida qo‘lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, ya’ni tushuntirib berish kerak.
So‘roq metodlari. So‘roq metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi, ayniqsa, anketa so‘rovi va intervyu metodlari. Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o‘z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to‘planadi.
So‘roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida
oldindan nimalar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki,
komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so‘roq
o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Bu metodlarni qo‘llashni qator metodologik qiyinchiliklari mavjud, chunki, bu yerda
doim shaxslararo o‘zaro munosabatlar, o‘zaro ta’sir shakllari mavjud bo‘lib, tadqiqotchining
sub’ektiv munosabatlarini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Tadqiqot mobaynida shaxslararo idrok va sub’ektiv bir-birini tushunishga qaratilgan barcha qonuniyatlar ishlaydi. Shunga qaramay, juda ko‘p ijtimoiy psixologik ma’lumotlarni to‘plashda so‘roq metodlari eng qulay usullar sifatida ishlatib kelinmokda.
Shunday qilib, so‘roq metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita (suhbat,
intervyu) yoki bilvosita (anketa) muloqoti tufayli birlamchi ma’lumotlar to‘plash usulidir.
Odamlar tilidan yozma yoki og‘zaki tarzda olingan fikrlar ma’lumotlarning manbai bo‘lib xizmat qiladi. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bu bevosita, erkin fikr almashinuvi sharoitida o‘zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Chunki suhbatdan farqli, intervyu aniq muammo doirasida, qatiy bir yo‘nalishda olib boriladi. Intervyu oluvchi suhbatdoshga nisbatan neytral mavqeda bo‘lib, uning fikrlashiga xalaqit bermasligi, ayniqsa, unga taz’yiq o‘tkazmasligi lozim. Intervyu jarayonining samarali kechishi uchun suhbatdoshda o‘ziga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirib, birinchi so‘zlarni aniq, ravon, ifodali bayon qilish muhimdir. Intervyu o‘tkazishga odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak, chunki u odamdan qator muhim sifatlarning bo‘lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada "rolli o‘yinlar" metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayyorgarlik kursidan o‘tadilar.
Anketa metodi hammaga tanish bo‘lgan usullardan biri. Lekin ko‘pincha anketani o‘tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, anketaga kiritilgan savollarga ko‘ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. Ochiq anketa respondentdan o‘z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari berilgan bo‘lib, tekshiriluvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan, qarashlari, fikrlari bilan mos bo‘lgan
javobni beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo‘yilgan
vazifaga yetarli darajada mas’uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik
ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi tomonidan o‘z fikriga ergashtirishga o‘xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo‘lmaslikdir. Shunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin.
Shuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketalar tuzilmoqdaki,
ularda javob variantlaridan tashqari, yana qo‘shimcha fikr bildirish uchun qo‘shimcha qatorlar qoldiriladi.
3."Norm" so'zi lotin tilidan kelib chiqqan va "qoida, naqsh, standart, rahbarlik printsipi" degan ma'noni anglatadi. Qadimgi Rimda "me'yor" masonlarning vositasi deb nomlangan - bu devorlarning vertikalligi tekshiriladigan plumb chizig'i. Keyinchalik, bu so'z har qanday haqiqiy ob'ektning belgilangan standartlarga muvofiqligini tekshirish uchun ishlatiladigan har qanday vositalarni anglatishni boshladi. Standartlar turli xil qoidalar, buyruqlar, ko'rsatmalar, tavsiyalar va boshqalarda keltirilgan.
Norm (lat. norma - qoida, namuna, standart) ob'ekt o'z mohiyatini saqlab qoladigan, o'zi qoladigan chegaralarni bildiradi. Normlar texnik (masalan, xavfsizlik standartlari), tabiiy (ekologik, tibbiy standartlar) va ijtimoiy bo'lishi mumkin.
Ijtimoiy norma tushunchasi
- odamlarning uzoq muddatli amaliy faoliyati natijasida jamiyatda shakllangan umumiy yurish-turish qoidalari va odob-axloq qoidalari, to'g'ri davolanishning maqbul standartlari va modellari ishlab chiqilgan.
Ijtimoiy normalar inson nima qilishi kerakligini, uni qanday qilish kerakligini, oxirida nima bo'lishi kerakligini aniqlang.
Ijtimoiy normalar bir qator turlarga ega, ularning asosiylari quyida keltirilgan:
urf-odatlar va urf-odatlar - odat bo'yicha majburiy bo'lib qolgan va avloddan-avlodga o'tib kelayotgan xatti-harakatlar qoidalari;
axloqiy me'yorlar - axloqiy va axloqsiz, yaxshi-yomon, yaxshi-yomon miqyosdagi xatti-harakatlarni baholash. Axloqiy me'yorlarga rioya qilmaslik uchun sanktsiyalar ommaviy qoralash va vijdon azobidir;
odob-axloq standartlari - oldindan belgilangan vaziyatlarda rasmiy xulq-atvor qoidalari, shu jumladan aloqa standartlari, biznes protokoli va boshqalar;
huquqiy normalar - unda belgilangan talablar davlat qonunlari. Huquqiy normalarga rioya qilish davlatning majburlashi bilan ta'minlanadi;
estetik me'yorlar - masshtab bo'yicha baho berish juda chirkin; san'at, tabiat, inson va uning harakatlariga nisbatan qo'llaniladi;
- ifodalangan siyosiy hayotni tartibga solish xalqaro shartnomalardeklaratsiyalar, nizomlar, siyosiy tamoyillar;
diniy normalar - axloq qoidalari, muqaddas kitoblar va cherkov muassasalarida mavjud bo'lgan amrlar;
korporativ normalar - yirik tashkilotlarda o'rnatilgan va tashkilot ustavlarida, kodekslarida, bitimlarida va tashkilotlarning mafkurasida mustahkamlangan axloq qoidalari.
Ijtimoiy me'yorlar insonning xulq-atvoriga real ta'sir ko'rsatishi uchun unga quyidagilar kerak: me'yorlarni bilish, ularga rioya qilishni xohlash, ular tomonidan belgilangan harakatlarni bajarish.
Jamiyat a'zolari tomonidan barqarorlikni ta'minlash uchun ijtimoiy normalarga rioya qilish zarur. Shu munosabat bilan, ijtimoiy normalar qoidalar kabi muhimdir. transport transport vositalarining harakatini tashkil qilish. Agar haydovchilar asosiy qoidalarga rioya qilmasa, masalan, ular kelayotgan bo'lak bo'ylab harakatlanadilar yoki mast bo'lganda orqada ketadilar, keyin yo'llarda haydash imkonsiz yoki o'ta xavfli bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |