3. Globallashuvning asosiy yo’nalishlari. Globallashuv tushunchasi uning ma`no mazmuni va insoniyat taraqqiyotdagi o`rni masalasiga qiziqish ortib bormoqda. Globallashuv jarayoni er yuzidagi mamlakat va xalqlarni shu darajada uzviy bog`lab qo`ymoqdaki bu ni bashariyat tarixida shu paytga qadar hech qaysi vosita amalga oshira olmagan. Bu jarayon shunchalik kuchayib bormoqdaki hozirdanoq dunyoning biron bir hududi uning ta`siridan hali qolayotgani yo`q. O`tgan asrning oxirlarida paydo bo`lgan globallashuv atamasi jahon mamlakatlari iqtisodiy va ma`naviy hayotining yalpi umumlashib borayotganini ifoda etar edi. Globallashuv shunday jarayonni undan chetga turaman degan mamlakatlar uning ta`siriga ko`proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g`ayri ixtiyoriy ta`sir esa ko`pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Mustaqillik davrida mamlakatlarimiz olimlari o`tkazgan va o`tkazayotgan tadqiqotlar tahlili bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan darak beradi.
Globallashuvga berilgan ta`riflar juda ko`p lekin uning xususiyatlarini to`laroq qamrab olagani, bizningcha frantsuz tadqiqotchisi B. Bandi bergan ta`rifdir. Unga globallashuv jarayonining uch o`lchovli ekaniga urg`u beriladi.
Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.
Globallashuv - jahonning gomogollashuvi va universallashuvi jarayoni
Globallashuv - milliy chegaralarning yuvilib ketish jarayoni.
Bu ta`rifga keltirilgan globallashuv o`lchovlarining har o`lchashga nisbatan ham muayyan e`rozlar bildirishi mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak ularning har o`lchovi ham unda mavjud ekanini ko`ramiz. Globallashuv tarafdorlari globalistlar deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko`proq uchraydi.
Rossiyada bo`lib o`tgan Aksilgloballashuv sektorlari anjumanidagi ma`ruzasi A. Parshovil fikricha globallashuvnnig asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarga ishlab chiqarilgan.
O`tgan asrning oxirlarida paydo bo`lgan "globallashuv" atamasi jahon mamlakatlari iqtisodiy va moliyaviy hayotining yalpi umumlashib borayotganini ifoda etar edi. Bugungi kunga kelib esa u keng qamrovli tushunchaga aylandi. U davlatlar va xalqlar hayotining barcha sohalarida yalpi umumlashuv jarayonini anglatmoqda. Garchand globallashuv jarayoni birdaniga paydo bo`lib qolmagan, balki inson yaralgan paytdan boshlab sodda va tabiiy shaklda davom etib kelgan bo`lsada, hozirgi vaktda insonning o`z manfaatlari yo`lida tabiiy rivojlanish jarayoniga zo`ravonlarcha aralashuvi natijasida shiddatli ravishda tezlashib ketdi.
Albatta, bir tomondan qaraganda, bu jarayonning ijobiy jihatlari ham yo`q emas. Chunonchi, ko`pgina mamlakatlarga fan-texnika, texnologiya yutuklarining jadal kirib kelishi globallashuv tufayli. Bu esa ularning iqtisodiy hayoti rivojiga, xalqlar turmush darajasining ortishiga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shu tariqa bashariyatning umumiy intellektual salo-hiyati yuksalishiga yordam bermoqda.
Ikkinchi tomondan, globallashuvning salbiy oqibatlari ham ko`zga yaqqol tashlanmoqda. Jumladan, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o`rtasida iktisodiy tafovutlarning kuchayishi, ayniqsa, zamonaviy telekommunikatsiya, komp`yuter, internet vositalari orkali biron bir hududga xos milliy-ma`naviy qadriyatlarni o`zga xalqlarga singdirish va shu yo`l bilan jahonda nafaqat iktisodiy, balki milliy-ma`naviy hukmronlikni o`rnatishga urinish hollari ham kuzatilmoqda. Bu jarayon XXI asrga kelib XX asrdagiga Karaganda ham keng qamrov kasb etdi, ta`sir imkoniyatinm oshirdi, eng yomoni, ko`pgina rivojlangan mamlakatlar jahonda iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish, fan-texnika, texnologiya, ta`lim sohasida rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish, demokratik qadriyatlarni keng yoyish bahonasida milliy-ma`naviy ta`sir o`tkazishga harakat qilmokda. SHu jihatdan qaraganda, globallashuv jarayoni endigina rivojlanish yo`liga kirgan yoki rivojlanayotgan mamlakatlardan ko`ra yuksak taraqqiy etgan davlatlar manfaati uchun ko`proq xizmat qilmoqda. Qudratli davlatlar, ulkan imkoniyatlariga tayangan holda, kam taraqkiy qilgan mamlakatlarning moddiy resurslarini o`zlashtirmokda, bozorlarini egallamokda. Bu esa iktisodiy zaif mamlakatlarning taraqqiyot borasida mustaqil yo`l tutish imkoniyatlarini cheklab ko`yayotir. CHunki ishlab chiqarishni tashkil kilish va amalga oshirish uchun zarur texnika, texnologiya hamda ilmiy ishlanmalar rivojlanayotgan mamlakatlarning o`zida tayyorlanmay, chetdan olib kelinmoqda. SHu tariqa rivojlanayotgan mamlakatlar yuksak taraqqiy etgan mamlakatlarga bog`lanib qolishga, J yana ham aniqrog`i, qaramlikka mahkum bo`layotir. Boshqacha aytganda, globallashuv bosqinchilikning yangi bir shaklini boshlab bermoqda.
Siyosiy fandagi modernizatsiya, vesternizatsiya, universalizatsiya kabi globalizatsiya ham universal definitsiyaga ega emas. Bu fenomen olimlar va fan arboblari tomonidan turlicha talqin etiladi. SHunga qaramasdan ular mohiyatan yagona mazmunni anglatadi, ya`ni globallashuv frantsuzcha «umumiy» degan ma`noni anglatib, butun insoniyat hamjamiyatining o`zaro iqtisodiy, siyosiy, ijtimoy va madaniy aloqalarini qamrovchi jarayon sifatida talqin etiladi.
Ilmiy adabiyotda globalizatsiya jarayoni haqida dastlab amerikalik olimlar fikr yuritishgan deb qabul qilingan. «Globalizatsiya» terminini birinchi bo`lib T.Livettu o`zining 1983 yilda nashr etilgan «Garvard biznes rev`yu» maqolasida qo`llagan bo`lib, unda globallashuv yirik transmilliy korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qo`shilish fenomeni sifatida qaralgan.
Garvard biznes maktabi maslahatchisi yapon Kenichi Omae o`zining 1990 yilda nashr etilgan «CHegarasiz dunyo» asarida ushbu terminga kengroq ta`rif beradi. Uning fikricha, kishilar, firmalar va bozorlarning ahamiyati tobora oshib, davlatning nufuzi qisqarib boradi. Globallashuv erasida barcha xalqlar va jarayonlar global bozorning ta`siriga tushadi, an`anaviy davlat esa o`zining tabiiyligini yo`qotib biznesdagi hamkor sifatida yaroqsiz bo`lib qoladi. Xalqaro iqtisodiy sahnada asosiy harakatlanuvchi subyektlar sifatida global firmalar qoladi.
M.YU.CHernavskiyning fikricha, ushbu fenomen uch xil ma`noda tushunilishi mumkin. Birinchidan, kishilar, davlatlar va madaniyatlar o`rtasidagi o`zaro aloqalar hududining kengayib borishi sifatidagi tarixiy jarayon sifatida. Ikkinchidan, dunyoning siyosiy-iqtisodiy va madaniy bir xillikka tomon harakati sifatidagi umumiylik va gomogenizatsiya jarayonlarining kuchayishi natijasida ro`y beradigan dunyoning universallashuvi sifatida. Uchinchidan, o`zaro iqtisodiy munosabatlar sohasida milliy chegaralarning shaffoflashib borishi sifatida.[20][148] SHuningdek, M.YU.CHernavskiy globalizatsiya hodisasini modernizatsiya mahsuli sifatida qaraydi. Uning fikricha, Sovet Ittifoqining «amerikanizatsiya» loyihasiga qarshi qo`llagan modernizatsiya loyihasi keyinchalik globalizatsiya nomini oldi. Boshqacha aytganda, globalizatsiya sotsialistik modernizatsiya loyihasi inqirozining qonuniy oqibatidir.
YAna bir rus olimi Rossiya strategik tadqiqotlar markazi rahbari o`rinbosari, tarix fanlari doktori Mixail Muntyanning fikricha, globalizatsiya hodisasiga ilmiy jihatdan aniq va mazmunli qarash asosan globallashuv jarayonini fan texnika inqilobining informatsion bosqichi va uning dunyo iqtisodiy, moliyaviy, telekommunikatsion, transport tizimlari rivojiga real ta`siri bilan bog`lovchi olimlarning ishlarida uchraydi.
Ular globallashuv tushunchasini jamiyatning informatsion bosqichdagi xalqaro rivojlanishning asosiy yo`nalishi sifatida taqdim etadilar. Ularning fikricha, Internet va butun dunyoni qamrab olgan turli xil transmilliy tashkilotlar, korporatsiyalar va harakatlar globallashuv jarayonining ramziy timsollari hisoblanadi.
YAna bir o`rinda globallashuvning quyidagi ta`rifi keltiriladi: «Globallashuv-mavjud global jarayonlarni boshqarish maqsadida davlatlarning va xalqaro tashkilotlarning keng qamrovli aloqalari va hamkorliklari tizimidir».
SHu o`rinda ta`kidlash lozimki, globallashuv va global rivojlanish tushunchalari bir-biridan farq qiladi, zero global rivojlanish butun dunyo miqyosida sodir bo`layotgan, inson faoliyati natijasida ro`y berayotgan va insoniyat taraqqiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega bo`lgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik, informatsion, psixologik o`zgarishlar majmuasidir.
YUqoridagilardan ko`rinib turibdiki, globallashuv jarayoni ko`p qirrali va xilma-xil ta`rifli hodisadir.
Globallashuv erkin xalqaro savdo gimnining «muallifi» hisoblanadi. Globallashgan iqtisod butun dunyoda farovonlik darajasini oshirish, shuningdek, ijtimoiy sohadagi muammolarni likvidatsiya etishda eng samaralidir. Xattoki, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida ham erkin savdo tufayli ijobiy natijalarga erishish mumkin, chunki kuchli raqobat bosimi resurslarga ehtiyotkorona munosabatni shakllantiradi va tabiat bilan munosabatda oqilonalikka majbur etadi. Eng asosiysi bu jarayon shaxs rivojlanishiga olib keladi. Sababi texnologiya yangi turlarining kirib kelishi, ishlab chiqarish usul va vositalarining takomillashishi intellektual jihatdan salohiyatli kadrlarga ehtiyojni vujudga keltiradi. Natijada kishilarda yangiliklarni o`zlashtirish va intellektual salohiyatni oshirishga etarlicha impul`s beriladi. Kuchli raqobat ularni o`z-o`zlarini takomillashtirishga va mavjud sharoitga moslashishga majbur etadi. Nihoyat bu butun jamiyatda intelektning yuksalishiga olib keladi.
Globallashuv fenomen sifatida.
Bundan tashqari globallashuvning demokratizatsiya, informatizatsiya kabi jarayonlari jamiyat rivojida alohida ahamiyatga ega. Jumladan, demokratizatsiya jarayonida sotsiumning elementlari ierarxiyasida jiddiy o`zgarishlar ro`y beradi. Ushbu ierarxiya quyidagicha strukturaga ega bo`ladi: shaxs-jamiyat-davlat. Bunda davlat shaxs va jamiyat manfaatlarini ta`minlovchi instrument vazifasini o`taydi. Jahon arenasida o`z nufuziga ega bo`lishni istagan har qanday davlat ushbu ierarxiyaga amal qilishi lozim.
Informatizatsiya jarayoni ham shaxs rivojida muhim ahamiyatga ega. Bunda shaxs o`zining axborotga bo`lgan ehtiyojini etarli darajada qondiradi. SHuningdek u ham informatsiya resursiga ega bo`ladi, ham dunyoqarashini zamonaviy talab darajasida shakllantiradi.
Ammo yuqoridagi ijobiy xususiyatlariga qaramasdan globallashuv hodisasi uchinchi dunyoda negativ qabul qilinadi. Jumladan, AQSH professori (asli afrikalik) Dennis Brutusning fikricha, globalizatsiya «profits before people», ya`ni «foyda insondan muhim» printsipi asosida harakat qilmoqda. Uning bahosiga ko`ra, globalizatsiyaning tarqalishi bilan ijtimoiy hayotda inson qadri yo`qoldi, pul axloq ustidan hukmronlik o`rnatdi[21][149] Professor Mbeki globalizatsiya jarayonini antidemokratiya maqsadidagi biznes deb ataydi. Uning fikricha globalizatsiya kelishi bilan biznesning moliyaviy shaffofligi to`liq yo`qoldi va oylik maoshlar qisqardi. U o`zi bilan g`arb qulchiligining yangi shaklini olib keldi. Bunday qulchilikning xarakterli xususiyati shundaki, unda «xo`jayin» shaxssizlashadi.[22][150] YAna bir antiglobalist, Kairdagi Amerika universiteti professori Arui Mafele globallashuvni «Butun dunyo kapitalistlari birlashing!» shiori ostida ro`y berayotganligini ta`kidlaydi. Uning fikricha, globallashuv tabiiy jarayon emas, balki u siyosiy boshqariladi. Globallashuvning asosiy raqibi- bu milliy oppozitsiyadir.[23][151] Albatta globallashuv jarayonining salbiy oqibatlaridan ko`z yumib bo`lmaydi. Ayniqsa uning madaniy standartizatsiya, informatizatsiya va qadriyatiy universalizatsiya jarayonlari milliy identifikatsiya krizisini keltirib chiqaradi. Ammo bunday salbiy holatlarni oldini olishning samarali yo`li bu- ushbu jarayonning faqatgina ta`sir obyekti emas, balki subyektti ham bo`lishdir. Bugungi kunda ayrim davlatlarni hisobga olmaganda dunyoning deyarli barcha mamlakatlari globallashuvning obyekti hisoblanadi. Masalan, YAponiya ushbu jarayonning ham obyekti, ham subyekti. U globallashuvning obyekti sifatida G`arb qadriyatlarini o`zlashtirib, subyekt sifatida ularni adaptatsiyalashgan ko`rinishda Osiyoning boshqa mamlakatlariga taqdim etmoqda.[24][152] Globallashuv davr taqazosi, rivojlanishning ayni damdagi tabiiy qonuniyati. Undan voz kechish yoki boshqacha yo`ldan rivojlanish mumkin emas.
Bugungi kunda globallashuv atamasi shunchalik mashhur bo`lib ketganganki, uni XXI asr mahsuli desak mubolag`a bo`lmaydi. SHu o`rinda, izohlash uchun xilma-xil yondashuvlar, nazariyalar, paradigmalar ishlab chiqilgan bo`lib, ularning hammasini sharhlab quyidagi xulosaga kelish mumkin: globallashuv halqlar, mamlakatlar transformatsiyasi, insoniyatning bir butunlikka integratsiyasini keltirib chiqaradi. SHu ma`noda, muayyan jamiyat o`zidan etuk deb hisoblagan boshqa jamiyatning mafkura, qarashlar, ilmiy-texnikaviy, madaniy yutuqlarni o`zlashtirishi globallashuv ta`siri ostida bo`ladi. SHu borada, kimdir buni jahonning yangi tarkibi shakllanishida xalqlarning yaqinlashuviga, iqtisodiy farovonlikka ijobiy ta`sir etadi, deb (K.Omae, P.Draker, T.Piters, S.Reysmit, S.Xantington va b.) hisoblasa, boshqalar (Z.Bauman, N.V.Zagladin, F.Fukuyamo, G.P.Martin, X.SHuman, M.G.Delyagin, V.I.Dobren`kov va b.) globallashuv milliylikning yo`qolishi, bir mamlakatning boshqa yirik ilmiy salohiyatga ega bo`lgan davlatlarga qaramligini oshiradi deb qaraydilar.
SHu asnoda nafaqat oddiy o`quvchi, balki o`z mustaqil mushohada-mulohazasiga ega bo`lgan odamlarda ham globallashuv jarayoni ta`sirida jahonning yangi tarkibi yoki bo`lmasa millatlarning totuvligini ta`minlovchi madaniyati, ma`naviyati qanday bo`lishi to`g`risida gumon-shubhalar, ikkilanishlar paydo bo`lishi tabiiy.
Bundan tashqari, globallashuv masalasiga oid zamonaviy bahslar ushbu muammoni yanada chigallashtirib yubormoqda hamda yangi muqobil g`oya, nazariyalarning paydo bo`lishiga turtki bermoqda. Jumladan, “Frantsuz olimi Jak Le Dyumgi quyidagi yondashuvlarni ishlab chiqadi:
Liberal yondashuv. Globallashuv faqatgina obyektiv jarayon emas, foydali fenomen sifatida iqtisodiy, ijtimoiy samaradorlikka olib keladi;
Madaniy yondashuv. Milliy madaniyatlar inqirozi tarixiy jamiyatlar to`qnashuvi, “chatishgan madaniyat” ning paydo bo`lishi”[25][153].
YUqoridagi yondashuvlardan farqli o`laroq Golland tadqiqotchisi YA.N.Piters globallashuvni izohlashda quyidagi paradigmalar tipologiyasini taklif etadi.
“TSivilizatsiyalar to`qnashuvi. Turli madaniyatga mansub jamiyat mamlakatlarining konfrontatsiyasi;
“Makdonal`dlashuv”. Transmilliy kompaniyalar amalga oshirayotgan moderinizatsiya ostida (vesternizatsiya, evropeizatsiya, amerikanizatsiya) madaniyatlari gegemonlashuvi.
“Gibridlashuv”. Halqaro munosabatlar ostida umumiy, aralash madaniyatning paydo bo`lishi”[26][154].
SHunday qilib, globallashuv ko`p qirrali jarayon bo`lganligi uchun uni sharhlashda ancha muammolarga duch kelamiz. Buni bartaraf etish maqsadida jahonda globallashuv ta`siri ostida bo`layotgan jarayonlarni to`liq va mukammal tahlil etib ko`rishga to`g`ri keladi. Ta`riflardan birida globallashuv Er kurrasi bo`ylab yoyilayotgan kommunikatsiya va ayirboshlash tarmoqlar orqali va ular tufayli mintaqaviy xo`jaliklar, jamiyatlar va madaniyatlar bir biri bilan yaqinlashib, bir biriga singib ketganligini ifoda etadi, deyiladi. F.Tolipovning “global taraqqiyot deganda biz kishilar hamjamiyatlarining hayotiy faoliyati natijasida jahon miqyosida sodir bo`layotgan va butun insoniyat taraqqiyoti uchun tizimiy ahamiyatga ega siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik, psixologik o`zgarishlar majmuini tushunamiz”[27][131], degan ta`rifi globallashuvning asosiy jihatlarini qamrab oladi, deb hisoblaymiz.
Globallashuv alomatlari qadim zamonlardan beri kuzatiladi. Qadimgi va o`rta asrlar imperiyalari tarix qatlarida qolib qetgan bo`lsa-da, o`sha davrlardagi globallashuv tamoniga bo`lgan siljishlar saqlanib qoldi. Bunga bir misol Ipak yo`li bo`lsa, boshqa misol sifatida CHingizxon imperiyasida barpo etgan pochta xizmatini ko`rsatish mumkin. Ammo xususiy, tor ma`noda globallashuv, deb eng oxirgi davr yuritiladi. Bugun o‘zini yorqin namoyon qilayotgan globallashuv bir necha asrlik ildizlariga ega. XV-XVII asrlardagi geografik kashfiyotlar ko‘plab mamlakatlar va mintaqalarning xalqaro savdo doirasiga tortilishiga, sanoat revolyusiyasi esa umumiy aloqalarning yanada kuchayuvi, keng qamrab kasb etishiga iqtisodiy zamin yaratgan edi. Keyingi davlarda bunday munosabatlar yanada chuqurlashib bordi. XX asr boshlariga kelib yangi sifatiy xarakter kasb etgan va ijtimoiy xayotning barcha sohalarini qamrab olgan mazkur jarayon globallashuv tushunchasi orqali ifodalana boshlandi. Jumladan, globallashtirish jarayonlari antik davrdan buyon yoki boshqa variantlarda, dastlabki jahon bozorlari yoki yaxlit jahon xo’jaligi yuzaga kelgan vaqtlardan e'tiboran rivojlanib kelayotgani to’g’risidagi tasdiqni ham uchratish mumkin. Siyosiy kon'yunktura mahalliy Markazi direktori V.Fedorov[28] Globallashtirish butun dunyo – tarixiy jarayon sifatida XVIII asr boshlaridan e'tiboran yuzaga kelgan deb hisoblaydi.
Umuman olganda, xalqlar va ularning davlat tuzilmalari o‘rtasida har doim ma’lum aloqalar yuz berib kelgan. lekin ayrim olimlarning fikricha, globallashuv buyuk geografik kashfiyotlar natijasida va Yevropa madaniyati ta’sirida xvi asrdan boshlangan. kishilar kemalarda dunyoning ko‘p joylariga suzib bora boshlagan. lekin bu jarayon ko‘pchilikning hisoblashicha, xx asrda dunyoviy ko‘lam kasb etib o‘z yakuniga yetgan. Agar uning birinchi davri (xvi–xvii asrlar)da mamlakatlar o‘z-o‘zicha yetarli holatda bo‘lgani uchun ular o‘rtasidagi jarayonlar kuchsiz kechgan, xix asrda esa dunyoviy yaxlitlikka erishilmagan bo‘lsa-da, davlatlar o‘zaro keng aloqalarga kirishganki, bularning natijasi globallashuvni kuchaytirmasligi mumkin emasdi. uchinchi davr – xx asrda yuz bergan tarixiy voqealar 1929–1933-yillardagi jahon iqtisodiy krizisi, ii jahon urushi, davlatlar valuta aloqalaridagi oltin standartining tanazzuli, isroilning qo‘shni arab davlatlariga navbatdagi tajovuziga javoban neftga boy arab davlatlarining yoqilg‘i narxini oshirgani natijasida 1973–1974-yillardagi inqiroz, sovet davlatining barham topishi, «sotsialistik hamdo‘stlik» mamlakatlarida tinch kechib, tuzum tabiatini o‘zgartirgan voqealar va boshqalar globallashuv ko‘lamini yaqqol ko‘rsatdi.
Globalizatsiya 19-asrining 60-yilaridan boshlab yonqin namoyon bo`ldi. Boshqa fikrlarga ko`ra globalizatsiya 19-asrning oxirida boshlanib, o`tgan asrning oxirgi choragida jadallashdi.[29][132] Globallashuv transmamlakat korporatsiyalarining tez sur`atlar bilan kengayishi ortidan xo`jaliklarning “o`sish-yo-o`lish” dinamikasini ifoda etuvchi sistemik tendentsiyaning natijasidir, degan fikr bildirilgan.[30][133] O`z navbatida bu tendentsiya trasmamlakat korporatsiyalarning jadal o`sib borishi bilan bog`liqdir. Iqtisodiy kontekstda globallashuv tovarlar, sarmoya, xizmatlar va ishchi kuchi oqimini osonlashritish maqsadida davlatlar chegaralaridagi to`siqlarni bartaraf qilish yoki sezilarli darajada pasaytirishni anglatadi. Tor ma`nodagi globallashuv savdo-sodiq, bevosita chet el investitsiyalari, kapital oqimi, migratsiya orqali mamlakatlar xo`jaligining bir internatsional xo`jalikka intregrallashuvni anglatadi. Keng ma`nodagi globallashuvga g`oyalar, tillar va ommabop madaniyatning mamlakatlararo almashinuvi hamroh bo`ladi.
O`zbekiston globallashuv jarayonidan chetda qolmadi. Ipak yo`lining bir necha marshruti hozirgi O`zbekiston eridan o`tgan, Samarqand va Buxoro Ipak yo`lidagi yirik savdo markazlari sifatida jahonga tanildi. Hozirgi O`zbekiston eri xalqaro tijorat yo`llarining chorrahasi sifatida o`z ahamiyatini kech o`rta aslargacha saqlab keldi. Ushbu globallashuv natijasi o`laroq Markaziy Osiyo erlarida ma`naviy sohada diniy tolerantlik, ilm-fanga charqoqlik vujudga kelgan, islom diniy tafakkuri va grek falsafasi kirib kelgan bo`lsa, xo`jalikda ipakchilik va paxtachilik rivojlandi, muayyan mahsulot ekport qilindi. Salbiy oqibatlar ham yo`q emas edi – “miyalar sizib ketishining” ilk ko`rinishlari, yalpi ichki mahsulotning bir qismi markazga to`lov sifatida olib ketilishi, masalan.
Rossiya istilosi bilan globallashuv jadallalashdi va boshqa yo`nalish oldi. Turkiston oykumenasi deformatsiyaga uchradi. Iqtisodda paxtachilik va ipakchilik ko`lami oshgan, temir yo`llar va shular asosida paxtaga dastlabki ishlov berish, mexanik ishlab chiqarish paydo bo`lgan bo`lsa, turmush tarziga Yevropacha unsurlar kira boshladi va ko`payib bordi. Ma`naviy sohada ta`lim tizimini isloh qilish g`oyalari, yangi usul maktablari, dramaturgiya janri, teatr yuzaga keldi. Siyosiy sohada konstitutsiyaviy monarxiya, imperiya tabaalarining millati, dinidan qat`i nazar tenghuquqligi g`oyalari muhokama qilina boshladi.[31][134] Mustaqillik O`zbekiston uchun oykumenani kengaytirib xalqaro munosabatlarning to`laqonli qatnashchisiga aylanishga imkon yaratdi, respublika BMTga, ko`pchilik xalqaro shartnoma, konventsiya, ularga qo`shimcha protokollar va hokazolarga a`zo bo`ldi.Xulosa o`rnida aytish joizki, globallashuv jarayoni zamonaviy fenomen sifatida o`z vazifasini qanday yo`l bilan bo`lsa ham ado etmoqda. Albatta, bunda ba`zi ma`lum va noma`lum (globallashuv bayroqdorlari ham deyish mumkin) kuchlar bu jarayonni sun`iy tezlashtirsalar ham yoki manfaat ko`rsalar ham yuqorida keltirilgandek millatlar ma`naviyati, mentaliteti, o`zgarishi yoki mustahkamlanishi, o`ziga xosligini saqlab qolishi qaysidir ma`noda mamlakatning o`ziga bog`liq bo`lib qoladi.
Xulosa. Kapital joriy iste'molning nisbatan qisqarishi tufayli kelgusi davrlarda iste'mol qilish imkoniyatlarini oshiradigan tejash orqali yaratiladi. Shu munosabat bilan, tejaydigan shaxslar joriy iste'molni kelajak bilan taqqoslashadi.
Kapitalning asosiy shakllari mavjud: jismoniy (material) poytaxt - korxonaning ishlab chiqarish aktivlari (mashinalar, binolar, inshootlar, xom ashyo va boshqalar), inson kapitali (umumiy va maxsus bilimlar, ish qobiliyatlari, ishlab chiqarish tajribasi, malakalari va boshqalar), moliyaviy kapital shu jumladan, qimmatli qog'ozlar va qarz mablag'lari.
Ro'yxatda keltirilgan barcha kapital shakllari umumiy xususiyatga ega - manbadan hozirgi va kelasi zamonda foydalanish o'rtasidagi o'zaro kelishuv.
Inson kapitali ishchi kuchining alohida turi. Shuning uchun kapital so'zning to'g'ri ma'nosida odatda faqat jismoniy, moddiy omillarni anglatadi. Jismoniy yoki haqiqiy kapital - har xil tovarlarni ishlab chiqarishda ishtirok etadigan ishlab chiqarish resurslari zaxirasi. U o'z navbatida paydo bo'ladi asosiy binolar, inshootlar, mashinalar, uskunalar va boshqa kabi sarflanmaydigan aktivlarni o'z ichiga olgan kapital kelishilgan har bir ishlab chiqarish tsikli uchun mablag 'sotib olishga sarflangan kapital: xom ashyo, asosiy va yordamchi mehnat materiallari.
Asosiy kapital bir necha yil davomida xizmat qiladi va uning jismoniy yoki ma'naviy jihatdan yomonlashishi darajasida almashtiriladi (qoplanadi). Aylanma mablag'lar bitta ishlab chiqarish tsikli davomida to'liq iste'mol qilinadi va uning qiymati asosiy kapitaldan farqli o'laroq, umuman ishlab chiqarish xarajatlariga kiritiladi, uning qiymati qismlarga bo'linadigan xarajatlarda hisobga olinadi.
Bugungi kunda kapitalning qiymati kelajakda qanday kapital ishlab chiqarishi mumkinligiga bog'liq. Daromad olish uchun kapital egasi kelajakda yuqori mukofot olish umidida joriy iste'moldan voz kechishi kerak. Kelajakdagi daromadlar oqimi bugungi aktsiyalarni yaratishni rag'batlantirishi kerak. Ushbu zaxirani yaratish uchun, o'z navbatida, tejash oqimini talab qiladi.