|
Tajriba qismi 2.2. Bariy kationining reaksiyalari
|
səhifə | 12/53 | tarix | 01.01.2022 | ölçüsü | 1,56 Mb. | | #50641 |
| analitik kimyo fanidan laboratoriya ishlari jamlanmasi
Tajriba qismi 2.2. Bariy kationining reaksiyalari - 1. Ammoniy karbonat bariy ioni bilan sekin-asta yirik kristal cho'kmaga aylanadigan oq amorf cho'kma hosil qiladi:
- BaCl2 + (NH4)2CO3 →BaCO3↓+2NH4Cl
- Cho'kma HC1, HNO3 hamda CH3COOH kislotalarda eriydi va H2SO4 eritmasi ta'siridan erimaydigan bariy sulfatga aylanadi.
- Reaksiyani bajarish uchun 2-3 tomchi BaCl2 yoki Ba(NO3)2 eritmasiga shuncha (NH4)2CO3 eritmasidan qo'shiladi. Bunda oq amorf cho'kma hosil bo'ladi.
- 2. Kaliy xromat - K2CrO4 bariy ioni bilan HCl va HNO3 kislotalarda eriydigan, biroq CH3COOH da erimaydigan sariq cho'kma - BaCrO4 hosil qiladi:
- BaCl + K7CrO4→ BaCrO4↓ + 2KCl
- Ba2++CrO42-→BaCrO4↓
-
- HCl da erishi:
- BaCrO4 ↓ + 2HC1 →BaCl2 + H2CrO4
- BaCrO4 ↓ + 2H+ →Ba2+ + H2CrO4
- Reaksiyani bajarish uchun 2-3 tomchi BaCl2 eritmasiga shuncha K2CrO4 eritmasi tomiziladi, natijada sariq rangli cho'kma - BaCrO4 hosil bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|