2. Ammoniy oksalat (NH4)2C2O4 Ca2+ ioni bilan qo'shilganda CaC2O4 ning oq mayda kristal cho'kmasini hosil qiladi:
CaCl2 + (NH4)2C2O4 → CaC2O4 ↓ + 2NH4Cl
Ca2++C2O42 →CaC2O4 ↓
CaC2O4 cho'kmasi kuchli kislotalarda eriydi, biroq CH3COOH (pK=4,76) da erimaydi, chunki oksalat kislota sirka kislotadan kuchli (pK1 =1,25, pK2=4,27), mineral kislotalardan kuchsizdir.
Reaksiyani bajarish. Bunda 1-2 tomchi CaCl2 eritmasiga 2-3 tomchi (NH4)2C2O4 eritmasi qo'shiladi.