4. Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi
5. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi.
1. Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
Ichki hisob-kitob muomalalari xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnat haqi bo’yicha, hisobdor shaxslar va boshqa muomalalar bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi. Bu hisob-kitoblar asosan naqd pul bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ichki hisob-kitoblar ataylab yoki bilmasdan ko’p hatokamchiliklarga yo’l qo’yiladigan soha bo’lib, auditordan tekshiruvda maxsus e’tibor qaratishni talab etadi.
Ichki hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan asosiy maqsad buxgalterlik hisobotidagi ichki hisob-kitob muomalalariga doir debitorlar va majburiyatlar aks ettiriladigan bo’limning ishonchliligi, qo’llanilayotgan hisob va soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.
Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi quyidagilarni aniqlashdan iborat: to’liqlik – barcha muomalalarning buxgalteriya hisobotida aks ettirilganligi,
hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yo’qligi; mavjudlik – balans tuzish sanasiga ichki hisob-kitoblar (mehnat haqi, hisobdor summalar va boshqalar) bo’yicha majburiyatlar mavjudligi va ushbu majburiyat summalarning katta-kichikligi; huquq va majburiyatlar – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlar summalari to’g’riligi uchta (shaklan, qonuniylik va haqqoniylik) mezonlaridan kelib chiqqan holda; baholashlar – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning me’yoriy
hujjatlarga muvofiq ravishda baholanganligi; aniqligi – mehnat haqi va undan ushlanadigan summalar, xizmat safari bo’yicha xarajatlar summasi va boshqalarning to’g’ri hisoblanganligi, buxgalterlik hisoboti ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob registrlaridagi ma’lumotlarga mosligi;hisob davrining cheklanganligi – ichki hisob-kitoblarga doir barcha majburiyatlar qachon vujudga kelgan bo’lsa, aynan mana shu hisob davrida aks
ettirilganligi; taqdim etish va bayon qilish – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning barchasi hisob va hisobotga oid me’yoriy hujjatlarga muvofiq bayon qilingan, turkumlangan va taqdim qilinganligi.
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun auditorlik tekshiruvida quyidagi vazifalar hal etilishi lozim.