1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari


-. Buxgalteriya hisobining predmeti



Yüklə 89,22 Kb.
səhifə6/40
tarix13.02.2023
ölçüsü89,22 Kb.
#84119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari

6-. Buxgalteriya hisobining predmeti
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati tashkiliy, ishlab chiqarish, sotish jarayonlari bilan o‘z faoliyatini tartibga solish uchun harakat qiladi va bu harakat natijasida uning moliyaviy holati o‘zgarib boradi, bu faoliyat davomida mahsulot ishlab chiqarishning uzluksizligi, ta’minotining talabga mos kelish imkoniyatlarini tezlashtiruvchi omiliga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bu holat korxona mablag‘lari tarkibidagi tegishli o‘zgarishlarni yuzaga keltirish bilan birga, mulk egasining tegishli mablag‘larga bo‘lgan talabini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Amalga oshirilgan har bir jarayonda mablag‘larning biridan ikkinchisiga o‘tish hollari namoyon bo‘ladi. Ya’ni xomashyo tayyor mahsulotga, tayyor mahsulot pulga aylanishi bilan mablag‘lar harakati o‘rganiladi. Demak, buxgalteriya hisobi yordamida har bir korxona va tashkilotlarga taalluqli bo‘lgan mablag‘lar hamda xo‘jalikda amalga oshirilgan xo‘jalik jarayonlari aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi nazariyasi hamda buxgalteriya hisobi kurslarini va unga tenglashtirilgan tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobi fanining tashkil topishi, bu fanning predmetini o‘rganish — hozirgi iqtisodni erkinlashtirish sharoitidagi vazifalarini o‘rganishda xalqaro va milliy buxgalteriya standartlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish sharoitida o‘rganish va tahlil qilish imkonini beradi. Buxgalteriya hisobini o‘rganish, birinchi navbatda, uning vazifalarini o‘rganishdan boshlanishi kerak, chunki har bir fan o‘z vazifalarini bajarishda tegishli usullardan foydalanish imkonini yaratadi. Bizning nazarimizda fanning predmeti o‘z oldida turgan vazifalarini bajarish uchun shu fanga oid tegishli usullarni taqozo qiladi. Mulk shaklidan qat’i nazar korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi yuritiladi, bu „ Korxonalar to‘g‘risida“ gi Qonunda belgilangan. Iqtisodiy adabiyotlarda, jumladan, „ Buxgalteriya hisobi“ ga doir adabiyotlarda buxgalteriya hisobini yuritish bevosita mablag‘lar harakati bilan bog‘liq nazoratni kuchaytiradi, moliyaviy natijalarni aniqlash imkoni yaratiladi, mahsulot tannarxi aniqlanadi, deb tushuntiriladi. Тo‘g‘ri, yuqoridagi fikrlar buxgalteriya hisobi oldidagi vazifalarni ham hal qilishda zaruriyati yuqori, lekin moddiy javobgarlik tomonlarini esdan chiqarish yoki inobatga olmaslik buxgalteriya hisobi predmetini ochib berishda ayrim kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Bizning fikrimizcha, buxgalteriya hisobi predmetida moddiy javobgarlik moddiy javobgar shaxslarning mablag‘lar holati to‘g‘risidagi hisoboti predmetini o‘rganishda alohida e’tiborni talab qiladi. Bundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, mulk shaklidan qat’i nazar korxona va tashkilotlarda mablag‘lar harakatining boshlang‘ich davri bo‘lib, o‘tkazilgan kunini emas, balki hujjatda ko‘rsatilgan mablag‘lar harakati moddiy javobgar shaxslarning hisobotlarida aks ettirilishi hisoblanishi kerak. Fikrimizning dalili sifatida quyidagi misolga murojaat etaylik. Havo va suv inson organizmi uchun nihoyatda zarurdir. Biroq havo va suv qanchalik zarur bo‘lishiga qaramay, buxgalteriya hisobi schotlarida havo, suv degan schotlar yo‘q, chunki buning miqdori, summasi biror moddiy javobgar shaxsning hisobotida ko‘rsatilmaydi. Demak, buxgalteriya hisobi predmetini o‘rganishda moddiy javobgarlik tamoyiliga alohida ahamiyat berish talab qilinadi, korxona mablag‘larining harakatini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi. Buning uchun tegishli usullardan foydalaniladi. Jamiyat taraqqiyotida, alohida aholi turmush tarzining shakllanishida takror ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat unumdorligini oshirishda buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan to‘g‘ri foydalanish iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Buxgalteriya hisobi yordamida ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan asosiy vositalar, xomashyo va materiallar, tayyor mahsulot, ya’ni ishlab chiqarishga ta’minot va sotish jarayonlarini tashkil qilish uchun zamin yaratiladi va ularning to‘liqligini nazorat qilishadi. Тakror ishlab chiqarishning bir me’yorda uzluksiz tashkil qilinishi bevosita ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining bir usulda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.

Yüklə 89,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin