Ularning eng muhim farqi shundaki, biri (hissiyot) ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda hissiyot shaxs hayotiy faoliyatining muhim jabhasi bo‘lib, inson emotsional holatining rang-barangligi, ko‘p qirraligini bildiradi. Hissiy ton (tus) (yunoncha «tonos» – zo‘riqish, urg‘u berish ma’nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha «emovere» – qo‘zg‘atish, hayajonlash demak), affektlar (lotincha «affectuq» – ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma’nosini anglatadi), stress (inglizcha «stress» – zo‘riqish degani), frustratsiya (frustratsion – rejalarning barbod bo‘lishi, maqsadga erisha olmaslik) va kayfiyat kabi tushunchalar shular jumlasidandir.