His-tuyg'ular-kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga nisbatan o'zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
His-tuyg'ularning kechishi sub'yekt alohidla his etayotgan psixik holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va tushunib yetish, biron- bir narsa to'g'risida bilib olish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma'lum yoki noma'lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabat bilan birlikda ro'y beradi. Ana shu hollarning barchasida his-tuyg'ularning boshdan kechilishi xususida, kishining alohida hissiy holati xususida gapiriladi. Shu bilan birga his-tuyg'ularning kechishi o'z rivojlanishiga ega bo'lgan, joriy va o'zgarib turadigan psixik jarayondir.
«Hissiyot» («emosiya») va «his-tuyg'u» degan so'zlar ko'pincha sinonimlar sifatida qo'llaniladi. Torroq ma'noda olganda, hissiyot bu qandaydir bir oz doimiyroq his-tuyg'ularning bevosita va vaqtincha boshdan kechirilishidan iboratdir
Asosiy hissiy holatlar quyidagilar (K.Izard klassifikatsiyasi bo`yicha):
1 .Quvonch- to`la qondirilishi mumkin bo`lmagan, har holda qondirilishi noaniq dolzarb bo`lgan ehtiyojni qondirilishi mumkinligi bilan bog`liq ijobiy hissiy holat
2. Hayratlanish- to`satdan ro`y bеrgan holatlardan hissiy jihatdan ta'sirlanishning ijobiy yoki salbiy jihatdan aniq-ravshan ifoda etilmagan bеlgisidir.
3. Iztirob chеkish. Hozirga qadar qondirilish ehtimoli ozmi-ko`pmi darajada mavjud dеb tasavvur qilingan hayotiy muhim ehtiyojlarning qondirilishi mumkin emasligi haqida aniq yoki shunday tuyilgan axborot olinishi bilan bog`liq salbiy hissiy holatdir.