-kompyuter va boshqa ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz kirilishiga (kompyuter tizimini parollash) hamda texnik vositalar orqali ma’lumotlarning chetga chiqishiga yo’l qo’ymaslik (eshitish va kuzatuv moslamalarini hamda fotoaparatning ruxsatsiz olib kirilishi);
-korxonaning xo’jalik sirlarini xodimlar tomonidan olinishida belgilangan tartibda ruxsatnoma olish orqali berilishini yo’lga qo’yish. Bunda korxonaning tijorat sirlarining chetga chiqishini oldi olinadi.
14. Fayl va aktivlarning xavfsizligi. Tabiiy ofat xodisalari ro’y berishi mumkin bo’lgan xollarda eng muximroq bo’lgan xujjatlarni yonmaydigan seyflarda saqlash, o’t o’chirish moslamalariga ega bo’lishi, yong’in paytida xarakatlanish tartibini aniqlab beradigan kerakli qo’llanmalar bo’lishi kerak. Elektr tizimining uzilishi yoki texnika tizimining ishdan chiqishini hisobga olgan holatda, kerakli ma’lumotlar va fayllarni qo’shimcha xotirada saqlab borish va zaxira elektr ta’minoti bilan ta’minlash lozim.
15. Xo’jalik muomalalarini ketma-ketligi maxsus sxemalar asosida faoliyatni qat’iy belgilab berish. Bu kabi sxemalar bo’limlarning javobgarligi, ruxsat etilgan faoliyatlar bo’yicha, nazorat jarayonini hamda har bir faoliyatning qoidalari bo’yicha ma’lumotni o’z ichiga olgan bo’lishi lozim. Sxemadagi ma’lumotlar tushunarli holatda bo’lishi lozim va bu holatda ma’lumotni xodimlarga o’z vaqtida yetkazib berib turish zarur hisoblanadi.
16. Hisobga olish va nazorat qilish tizimiga yangi axborot texnologiyalarini jalb qilish. Korporativ turdagi yirik iqtisodiy salohiyatga ega bo’lgan yirik korxonalar, yangi va sifatli dasturlar bilan ta’minlangan texnologiyalarga bosqichma-bosqich o’tish maqsadga muvofiqdir. Bu holat quyidagilarga yordam beradi: