Kompaniyaning Kuzatuvchi kengashi ichki audit xizmati faoliyatining har yillik baholanishini o’tkazadi.
Ichki audit xizmatining boshlig’i ichki audit xizmati ish sifatini ta’minlash dasturini ishlab chiqadi va tatbiq etadi. Bunday dastur o’z navbatida, joriy monitoringni, shuningdek, ichki audit sifatining davriy ichki va tashqi baholanishini o’tkazishni o’z ichiga oladi.
Ichki auditning sifatini tashqi baholash mustaqil tashqi ekspertlarni jalb etib, besh yilda bir marotabadan kam bo’lmagan holda amalga oshiriladi. Ichki audit xizmati boshlig’i baholashning natijalarini Kuzatuvchi kengash e’tiboriga takdim etadi.
6. Yakuniy qoidalar
Ichki audit xizmati boshlig’i mazkur Nizomga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish zaruriyati to’g’risidagi masalalarni har yili ko’rib chiqadi.
Nizomni, shuningdek, unga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritishni Kuzatuvchi kengash tasdiqlaydi.