Qat’iy belgilanganlik. Ichki nazorat tizimining amal qilish samaradorligi korxonada nazorat tizimining qat’iy belgilangan qoidaga qay darajada bo’ysunishiga bog’liq. Albatta, hamma narsani nazoratga olish qiyin, bu vaziyatda nazoratni o’rnatish uchun qat’iy qaror qabul qilishga to’g’ri keladi.
O’zaro hamkorlik va muvofiqlashtirish. Nazorat tashkil etilishi jarayonida, korxonaning barcha bo’limlarining aniq hamkorligi asosida amalga oshirilishi lozim.
Fayl va aktivlarga ruxsatsiz kirishga yo’l qo’yilmaslik. Ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishga to’sqinlik qilish va nazoratni o’rnatish uchun quyidagi choralarni ko’rish lozim: