45. Pudrat to’g’risidagi umumiy qoidalar, pudrat munosabatlarining turdosh munosabatlaridan farqi va o’ziga xos xususiyatlarini mushohada eting? Bilmadim
46 Pudrat shartnomalari nima maqsadda tuziladi? 631-modda. Pudrat shartnomasi Pudrat shartnomasi bo‘yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig‘iga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to‘lash majburiyatini oladi. Agar qonunchilikda yoxud taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ishni bajarish uchun pudratchi tavakkal qiladi.
Pudrat shartnomasining ayrim turlari (maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyihalash yoki qidiruv ishlari pudrati, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati)ga, agar ushbu Kodeksning bunday turdagi shartnomalar to‘g‘risidagi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.
Pudrat shartnomasi buyumni tayyorlash yoki qayta ishlash yoxud boshqa ishni bajarib, uning natijalarini buyurtmachiga topshirish borasida tuziladi.
47. Pudrat shartnomasi bo’yicha qanday ishlar bajariladi? 632-modda. Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajariladigan ishlar Pudrat shartnomasi ashyoni tayyorlash yoki uni qayta ishlash (ishlov berish) yoxud boshqa ishni bajarib, natijasini buyurtmachiga berish yoki boshqacha tarzda topshirish haqida tuziladi. Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ish pudratchining materiallari, uning kuchi va mablag‘lari hisobidan bajariladi. Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachining topshirig‘ini bajarish usullarini pudratchi mustaqil belgilaydi Pudratchi o‘zi bergan materiallar va uskunalarning sifati tegishli darajada bo‘lmaganligi uchun, shuningdek uchinchi shaxslar huquqlari bo‘lgan materiallar va uskunalarni berganligi uchun javobgar bo‘ladi